Siyosat

Mirziyoyev "Shovozsoy" dam olish zonasi haqida: "Prezidentni nima aloqasi bor unga?"

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil maxallyu Eshonobod Chinazskogo rayona
Shavkat Mirziyoyev posetil maxallyu Eshonobod Chinazskogo rayona - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.03.2021
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda "Shovozsoy" dam olish zonasi Oʻzbekiston rahbariyati uchun qurilgani haqida xabardar paydo boʻlgan edi. Prezident Mirziyoyev jurnalistlar bilan uchrashuvda ushbu mish-mishlarga munosabat bildirdi.
TOSHKENT, 19 mar - Sputnik. Oʻzbekiston prezident Shavkat Mirziyoyev jurnalistlar bilan uchrashuvda "Shovvozsoy" dam olish zonasi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
Eslatib oʻtamiz, Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda "Shovvozsoy" dam olish maskani Oʻzbekiston rahbariyati uchun qurilgani haqida taxminlar paydo boʻlgan edi. Shundan soʻng "Oʻzbekiston temir yoʻllari" ushbu xabar asossiz va noxolis ekani haqida rasmiy bayonot eʼlon qilgan edi.
Kto mojet popast v zonu otdыxa Shovvozsoy - otvet Uzbekiston temir yullari - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.02.2021
Jamiyat
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” “Shovvozsoy” dam olish maskani yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi
Mirziyoyev dam olish zonasi xususida toʻxtalar ekan, bu ""Oʻzbekiston temir yoʻllari"ning davlat korxonasi. Hech kim u yerda turib, yashamaydi yoki birovga oʻtkazilgani yoʻq. U davlatning joyi. Prezidentning nima aloqasi bor?", - deya qayd etdi.
"Prezident ham agar qandaydir martabali, Oʻzbekistonga foydasi tegadigan inson kelsa, boradi. Aytmaysizlarmi, Prezident bilan biz piyoda yuramiz, sizlar ham kelib, bir marta piyoda yurib koʻringlar, keyin Prezident 5 yilda necha marta dam olibdi ekan, degan savolni nega bermaysizlar?" — deya davom etdi Oʻzbekiston yetakchisi.
Oʻzbekiston temir yoʻllari"ning eslatishicha, Vazirlar Mahkamasining 2010 yildagi qaroriga asosan, Ugam-Chotqol milliy tabiat bogʻi tasarrufidagi "Shovvozsoy" oʻrmon xoʻjaligi yerlari "Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasiga temir yoʻlchilar va ularning oila aʼzolari, kompaniyaning xorijiy hamkorlari, mamlakat aholisi va chet ellik sayyohlar uchun zamonaviy ekoturizm maskanini barpo etish hamda mavjud ekotizimni saqlab qolish maqsadida ajratilgan.
Putin poshutil pro “yeщe odin dvorets” - video - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.03.2021
Video
Putin oʻzining yana bir saroyi haqida hazil qildi
"Bu yerda 2011 yildan boshlab, yaʼni 10 yil davomida bosqichma-bosqich qurilish va bunyodkorlik ishlari olib borilgan. Barcha investitsiyalar temir yoʻl kompaniyasining byudjetdan tashqari mablagʻlari, jumladan, daromadlari hisobidan amalga oshirilgan", — deyiladi xabarda.
Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan 10 yil davomida dam olish maskani qurilishiga sarflangan investitsiyalar hajmi 495 milliard soʻmni tashkil etgan.
"Ushbu dam olish va sogʻlomlashtirish maskanlarida "Oʻzbekiston temir yoʻllari" bilan shartnoma va yoʻllanmalar asosida, temir yoʻlchilar bilan bir qatorda, prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, turli vazirlik, idora va davlat tashkilotlari, mahalliy hokimliklar, shuningdek, respublika aholisi va chet ellik investorlar, hamkorlar va sayyohlarga ekoturizm va ekstremal turizm, salomatlikni mustahkamlash va qayta tiklash xizmatlarini koʻrsatib kelmoqda", — deya qayd etilgan bayonotda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala