Iqtisod

Oʻzbekiston Rossiyaga yuboriladigan pomidorlar ustidan sifat nazoratini kuchaytiradi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Fotobankka oʻtishTomatы
Tomatы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.03.2021
Rosselxoznadzor Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati inspektsiyasi vakillari bilan oʻtkazilgan videoanjuman natijalari xususida maʼlumot berdi
TOSHKENT, 20 mar - Sputnik. Oʻzbekiston Rossiyaga yuboriladigan pomidorlarning sifatini nazorat qilishni kuchaytirmoqchi, deya xabar bermoqda Rossiya Federatsiyasi Veterinariya va fitosanitariya nazorati federal xizmati.
Rossiya tomoni 2020 yilning dekabrida pomidorda zararkunandalar (jigarrang burishish virusi (tomato brown rugose fruit virus) aniqlangani tufayli Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridan ushbu mahsulot olib kirilishini taʼqiqlagan edi. Keyinchalik cheklovlar qisman bekor qilingandi.
Pomidorы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.12.2020
Iqtisod
Rosselxoznadzor Oʻzbekistonning yana 34 ta korxonasidan pomidor olib kirishga ruxsat berdi
Shu kunlarda Rosselxoznadzor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati inspektsiyasi vakillari bilan videoanjuman oʻtkazdi. Onlayn uchrashuvda Oʻzbekiston RFga eksport qilayotgan pomidorlar sifati bilan bogʻliq muammoni qanday hal qilmoqchiligi muhokama qilindi.
Rossiya idorasi matbuot-xizmati maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati inspektsiyasi vakillari respublikada issiqxonalarni ToBRFVga tekshirmoqda.
Bundan tashqari, yaqin orada Oʻzbekiston tomoni quyidagi normani joriy qilmoqchi: bunda korxonalardan mahsulotlarni joʻnatishda davlat inspektorlari ishtirok etadi va mahsulot xavfsizligini tasdiqlovchi tekshiruv guvohnomasini beradi.
 Vkusno i krasivo: kak sdelat fruktovыy buket svoimi rukami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.02.2021
Rossiya
Rossiya MDH davlatlari bilan oʻsimliklar karantini boʻyicha hamkorlik qiladi
Kelgusida ushbu aktlar asosida karantin fitosanitar sertifikatlarini berish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Oʻsimliklar karantini davlat inspektsiyasi vakillari Rossiya tomoniga zararlangan mahsulotlar yetkazilishiga sabab boʻlgan holatlarning tekshiruv natijalarini yaqin kelajakda Rosselxoznadzorga yuborilishini maʼlum qilishdi.
Rosselxoznadzor Oʻzbekiston tomonidan koʻrilayotgan choralarni olqishlashini maʼlum qildi. Shu bilan birga, agar ular ikki mamlakat axborot tizimlari fitosanitariya sohasida iloji boricha tezroq integrallashsa, bu yanada samara berishi haqida fikr bildirdilar.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala