Jamiyat

Maktab binosida ziyofat uyushtirgan direktor va uning oʻrinbosarlari ishdan ketdi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishPiteynыe zavedeniya Moskvы
Piteynыe zavedeniya Moskvы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2021
Chiroqchi tumanida joylashgan maktablarning birida uyushtirilgan ziyofat dasturxonida spirtli ichimliklar ham boʻlgan.
TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida joylashgan maktablarning birida ziyofat uyushtirgan direktor va uning oʻrinbosarlari ishdan ketdi. Bu haqda tuman Xalq taʼlimi boʻlimi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Xabarda bildirilishicha, 19 mart kuni Chiroqchi tumani xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli umumtaʼlim maktabi direktori P.A. boshchiligida maktab jamoasi Navroʻz bayramini nishonlash maqsadida jamoa roziligi bilan 50 ming soʻmdan pul yiqqan. Jamoat bayramni oʻzlari faoliyat olib borayotgan taʼlim muassasasida uyushtirishgan. Maktabda tashkil etilgan ziyofat dasturxonida spirtli ichimliklar ham boʻlgan.
Privlecheniye uchiteley i uchenikov shkolы nomer sem Izbaskanskogo rayona Andijanskoy oblasti k prinuditelnomu trudu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2019
Toshkentda pedagoglarni majburiy mehnatga jalb etgan direktor jarimaga tortildi
Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri boshchiligidagi ishchi guruh aʼzolari 20 mart kuni maktabda boʻlgan holatga oydinlik kiritish maqsadida maktabga borgan.
Direktor va uning oʻrinbosarlari qilgan ishlaridan izza boʻlib, oʻz xohishlariga koʻra, egallab turgan lavozimlaridan ozod qilishini soʻrab ariza yozgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala