https://oz.sputniknews-uz.com/20210322/rossiya-shimoliy-hududlarini-gayrioddiy-qurol-bilan-imoya-qiladi--17890533.html
Rossiya shimoliy hududlarini gʻayrioddiy qurol bilan himoya qiladi
Rossiya shimoliy hududlarini gʻayrioddiy qurol bilan himoya qiladi
Misli koʻrilmagan yoʻl tanlamaslik xususiyati, oʻq uzish aniqligi, oddiy jangovar texnika jon saqlay olmaydgan joyllarda jang olib borish xususiyati – bularning
2021-03-22T19:45+0500
2021-03-22T19:45+0500
2021-03-22T19:45+0500
kolumnistlar
harbiylar
sovuq
harbiy texnika
qurol-yarogʻ
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/03/16/17890977_0:0:3045:1714_1920x0_80_0_0_a4cb62936f24d793d19c736c0dd56e94.jpg
Misli koʻrilmagan yoʻl tanlamaslik xususiyati, oʻq uzish aniqligi, oddiy jangovar texnika jon saqlay olmaydgan joyllarda jang olib borish xususiyati – bularning barchasi Rossiyaning yangi artilleriya qurilmasi “Magnoliya” haqida. Ushbu yangi qurol ekstremal sovuq iqlim sharoitlarida harbiy vazifalarni bajarayotgan Arktika boʻlinmalariga yetkazib beriladi. Rossiyaning eng yangi oʻziyurar toʻpi nimalarga qodir?Alohida talablarUzoq Shimoluchun yaratilayotgan yangi oʻziyurar toʻplar haqida dastlabki maʼlumotlar 2017 yilda paydo boʻlgan edi. Oʻshanda Mudofaa vazirligi 120 millimetrli “Magnoliya” ikki boʻgʻinli zanjir tasmasli transportyorga asosiga oʻrnatilgan. Sinov vaqtida yangi qurilma yumshoq tuproqli yerlarda, botqoqlarda, qorli joylarda oʻzining samarali ekanini namoyish qilgan. Uning dvigateli juda past havo haroratida ham stabil ishlash qobiliyatiga ega. “Magnoliya” loiyhasi "Burevestnik" ilmiy ishlab chiqarish markazida “Nabrosok” nomli konstruktorliy loyihasi asosida ishlab chiqilgan. Loyiha doirasida Shimol iqlimi uchun oʻziyurar toʻpdan tashqari yana bir talay harakatlanuvchi bazaga ega boʻlgan artilleriya-minomyot qurollari ishlab chiqarish rejalashtirilgan. “Magnoliya”ning texnik xususiyatlari qisman "Armiya-2019" forumida maʼlum boʻlgan edi. Uning tortuvchisi (Tyagach) — 27-tonnali zanjirli zirhlangan yoʻltanlamas DT-10PM "Vityaz". Uning yuk koʻtarish quvvati 10 tannadan ortiq. 800 ot kuchiga ega dizel dvigatel uni soatiga 45 kmgacha tezlashtirishi mumkin. Suv havzalarida uning tezligi 6 km soatga yetishi mumkin. Yurish uzoqligi – 700 kilometrgacha. Ekipaj – 4 kishi, qurol aslahi orqa boʻlimda joylashtiriladi. Yarim avtomatik rezbali toʻp bir vaqtning oʻzida ham gaubitsa ham minomyo vazifasini bajaradi. Uning ixtiyorida bir necha xil snaryadlar bor, jumladan "Nona" oʻziyurar toʻpi snaryadi ham va boshqariluvchi “Kitolov-2” snaryadlari ham. Lazareli yarim avtomat oʻzi nishonga olish tizimi tufayli ushbu qurol tek turgan nishonlarni birinchi zarbadanoq deyarli 100% kafolat bilan yoʻq qilishi mumkin. Jangovor zahira – 80ta snaryad. U 8 kilometrdan ortiq masofada joylashgan nishonlarga zarba berishi mumkin. Boshqariluvchi snaryadlar bilan – 10 kmgacha. Otish tezligi – bir daqiqada 10ta snaryad. Arktika “sovuti”Magnoliyaning asosiy vazifasi – dushmanning havo hujumi himoyasi, radioelektron kurash vositalarini, raketa ustanovkalarini, zirhli texnikasini, mustahkamlangan inshootlarini va tirik jonini yoʻq qilishdir. Nima boʻlganda ham istiqbolli oʻziyurar toʻplar – oʻta sovuq Arktika sharoitiga moslashtirilgan yagona jangovar texnikadir. Havo-hujumi boʻlinmalari uchun yaratilgan "Pantsir" ham shimol iqlimiga moslashtirilgan turi bor. Ushbu qurol turli harbiy mojaorlarda oʻzini yaxshi koʻrsatgan. Lekin Uzoq Shimol sharoiti uchun unining konstruktsiyasiga bir necha jiddiy oʻzgarishlar kiritilgan. "Pantsir-SA"ning jangovar boʻlimini zirhlangan “Vityaz” ichiga oʻrnatishdi, lekin zenit avtomatik toʻpidan voz kechishdi – chunki qattiq sovuqda uning oʻq otish samaradorligi jiddiy kamayadi. Uning oʻrniga 6ta qoʻshimcha raketa ustanovkalari oʻrnatildi. Ularning zarba berish masofasi 20 kilometrni tashkil qiladi.Yana bir havo zarbasiga qarshi kurash vositasi - "Tor-M2DT" zenit-raketa majmuasidir. Ushbu qurol 2021 yilda qabul qilingan va u 50 darajadan past sovuq havoda ishlashi, murakkab relyefli joylarda harakatlanishi va suv toʻsiqlarini kesib oʻtishi mumkin. Majmua ikki boʻlinmasli zirhli gusenitsali yoʻltanlamas transportga joylashtiriladi. Bosh modulda – ekipaj va uning hayoti uchun kerakli uskunalar, ikkinchi boʻlimda esa – raketa uchirish majmualari. Taktik va texnik xususiyatlari oddiy “Tor”ga oʻxshash. U barcha 16 kmgacha balanlikda turdagi havo nishonlarini yoʻq qilishi mumkin: samolyotlar, vertolyotlar, qanotli raketalar, boshqariluvchi snaryadlar, kichik oʻlchamli uchuvchisiz apparatlar va boshqalar. Majmuada 16ia zenit raketalari bor. Ularning har biri 2,5 soniya interval bilan uchirilishi mumkin. “Tor” 1ta raketa - 1ta nishon printsipi asosilda ishlaydi. Yaʼni uning nishonga tegish xususiyati juda yuqori. Arktika qoʻshinlariga shuningdek zamonaviylashtirilgan T-80BVM tanklari, MT-LB bazasiga oʻrnatilgan gaubitsalar ham yetkazib beriladi. Shaxsiy tarkib uchun transportArktik guruhning harbiy xizmatchilarimaxsus tayyorlangan texnikada yulib yuriladi. Masalan Mi-8AMTSH-VA vertolyoti. Uning moylash tizimi isitish uskunalari bilan jihozlangan boʻlib -60 daraja sovuqda ham muammosiz ishlashi mumkin. Vertolyotning yuk kabinasi ham isitish tizimiga ega. Arktik Mi-8ning uchish uzoqligi 1400 kmdan oshadi. Vertolyot havoda 7 soatdan ortiq vaqt davomida uzuluksiz boʻlishi mumkin. Yerda esa harbiylar koʻpchilikka yaxshi tanish boʻlgan gusenitsali mototransportlardan foydalanishadi. Ularning yerga bosimi 0,28 kg/sm2. Bu piyoda odamnikidan kam degani. Shuningdek qor-botqoqda yuruvchi transport ham bor. Ulardan razvedka, yoʻnalish solish va muzliklarni tekshirish va harbiy texnikani kuzatib borish uchun foydalanishadi. Askar va zobitlar istiladigan kabinaga ega boʻlgan Ural va Kamaz avtomobillarida, havo yostiqchali katerlarda olib yuriladi. Ayrim boʻlinmalar hato it yoki kiyik changʻilaridan ham foydalanishadi. Ushbu qadimiy transport eng zamonaviy yoʻltanlamas ham oʻta olmagan joydan ham oʻtishi mumkin. Arktik boʻlinmalar, albatta, maxsus kiyim-kechak bilan ham taʼminlanadi. Ularning standart kiyimi 20ta elementdan iborat boʻlib, u koʻp qavatli matolardan tikilgan. U juda yengil va qulay boʻlib, juda issiq va harakat qilishga xalal bermaydi.
https://oz.sputniknews-uz.com/20191223/Rossiya-arbiylariga-yangi-S-350-zenit-raketa-tizimlari-tadim-etildi-13091013.html
https://oz.sputniknews-uz.com/20191209/Arktika-ustidagi-arbiy-muzhofaa-obii-ikki-sababga-kra-muimdir-ekspert-12973425.html
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/03/16/17890977_314:0:3045:2048_1920x0_80_0_0_65ebafc20a913672ef751c3bb1dc81ee.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
harbiylar, sovuq, harbiy texnika, qurol-yarogʻ
Rossiya shimoliy hududlarini gʻayrioddiy qurol bilan himoya qiladi
Ushbu maqola havo harorati -50 daraja va unadn past Arktika sovuq sharoitiga moslashtirilgan, dunyoda muqobili yoʻq yagona jangovar texnika haqida.
Misli koʻrilmagan yoʻl tanlamaslik xususiyati, oʻq uzish aniqligi, oddiy jangovar texnika jon saqlay olmaydgan joyllarda jang olib borish xususiyati – bularning barchasi Rossiyaning yangi artilleriya qurilmasi “Magnoliya” haqida.
Ushbu yangi qurol ekstremal sovuq iqlim sharoitlarida harbiy vazifalarni bajarayotgan Arktika boʻlinmalariga yetkazib beriladi. Rossiyaning eng yangi oʻziyurar toʻpi nimalarga qodir?
Alohida talablar
Uzoq Shimoluchun yaratilayotgan yangi oʻziyurar toʻplar haqida dastlabki maʼlumotlar 2017 yilda paydo boʻlgan edi. Oʻshanda Mudofaa vazirligi 120 millimetrli “Magnoliya” ikki boʻgʻinli zanjir tasmasli transportyorga asosiga oʻrnatilgan.
Sinov vaqtida yangi qurilma yumshoq tuproqli yerlarda, botqoqlarda, qorli joylarda oʻzining samarali ekanini namoyish qilgan. Uning dvigateli juda past havo haroratida ham stabil ishlash qobiliyatiga ega.
“Magnoliya” loiyhasi "Burevestnik" ilmiy ishlab chiqarish markazida “Nabrosok” nomli konstruktorliy loyihasi asosida ishlab chiqilgan. Loyiha doirasida Shimol iqlimi uchun oʻziyurar toʻpdan tashqari yana bir talay harakatlanuvchi bazaga ega boʻlgan artilleriya-minomyot qurollari ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
“Magnoliya”ning texnik xususiyatlari qisman "Armiya-2019" forumida maʼlum boʻlgan edi. Uning tortuvchisi (Tyagach) — 27-tonnali zanjirli zirhlangan yoʻltanlamas DT-10PM "Vityaz". Uning yuk koʻtarish quvvati 10 tannadan ortiq. 800 ot kuchiga ega dizel dvigatel uni soatiga 45 kmgacha tezlashtirishi mumkin. Suv havzalarida uning tezligi 6 km soatga yetishi mumkin. Yurish uzoqligi – 700 kilometrgacha. Ekipaj – 4 kishi, qurol aslahi orqa boʻlimda joylashtiriladi.
Yarim avtomatik rezbali toʻp bir vaqtning oʻzida ham gaubitsa ham minomyo vazifasini bajaradi. Uning ixtiyorida bir necha xil snaryadlar bor, jumladan "Nona" oʻziyurar toʻpi snaryadi ham va boshqariluvchi “Kitolov-2” snaryadlari ham. Lazareli yarim avtomat oʻzi nishonga olish tizimi tufayli ushbu qurol tek turgan nishonlarni birinchi zarbadanoq deyarli 100% kafolat bilan yoʻq qilishi mumkin.
Jangovor zahira – 80ta snaryad. U 8 kilometrdan ortiq masofada joylashgan nishonlarga zarba berishi mumkin. Boshqariluvchi snaryadlar bilan – 10 kmgacha. Otish tezligi – bir daqiqada 10ta snaryad.
Arktika “sovuti”
Magnoliyaning asosiy vazifasi – dushmanning havo hujumi himoyasi, radioelektron kurash vositalarini, raketa ustanovkalarini, zirhli texnikasini, mustahkamlangan inshootlarini va tirik jonini yoʻq qilishdir.
Nima boʻlganda ham istiqbolli oʻziyurar toʻplar – oʻta sovuq Arktika sharoitiga moslashtirilgan yagona jangovar texnikadir.
Havo-hujumi boʻlinmalari uchun yaratilgan "Pantsir" ham shimol iqlimiga moslashtirilgan turi bor. Ushbu qurol turli harbiy mojaorlarda oʻzini yaxshi koʻrsatgan. Lekin Uzoq Shimol sharoiti uchun unining konstruktsiyasiga bir necha jiddiy oʻzgarishlar kiritilgan.
"Pantsir-SA"ning jangovar boʻlimini zirhlangan “Vityaz” ichiga oʻrnatishdi, lekin zenit avtomatik toʻpidan voz kechishdi – chunki qattiq sovuqda uning oʻq otish samaradorligi jiddiy kamayadi. Uning oʻrniga 6ta qoʻshimcha raketa ustanovkalari oʻrnatildi. Ularning zarba berish masofasi 20 kilometrni tashkil qiladi.
Yana bir havo zarbasiga qarshi kurash vositasi - "Tor-M2DT" zenit-raketa majmuasidir. Ushbu qurol 2021 yilda qabul qilingan va u 50 darajadan past sovuq havoda ishlashi, murakkab relyefli joylarda harakatlanishi va suv toʻsiqlarini kesib oʻtishi mumkin.
Majmua ikki boʻlinmasli zirhli gusenitsali yoʻltanlamas transportga joylashtiriladi. Bosh modulda – ekipaj va uning hayoti uchun kerakli uskunalar, ikkinchi boʻlimda esa – raketa uchirish majmualari.
Taktik va texnik xususiyatlari oddiy “Tor”ga oʻxshash. U barcha 16 kmgacha balanlikda turdagi havo nishonlarini yoʻq qilishi mumkin: samolyotlar, vertolyotlar, qanotli raketalar, boshqariluvchi snaryadlar, kichik oʻlchamli uchuvchisiz apparatlar va boshqalar. Majmuada 16ia zenit raketalari bor. Ularning har biri 2,5 soniya interval bilan uchirilishi mumkin. “Tor” 1ta raketa - 1ta nishon printsipi asosilda ishlaydi. Yaʼni uning nishonga tegish xususiyati juda yuqori.
Arktika qoʻshinlariga shuningdek zamonaviylashtirilgan T-80BVM tanklari, MT-LB bazasiga oʻrnatilgan gaubitsalar ham yetkazib beriladi.
Shaxsiy tarkib uchun transport
Arktik guruhning harbiy xizmatchilarimaxsus tayyorlangan texnikada yulib yuriladi. Masalan Mi-8AMTSH-VA vertolyoti. Uning moylash tizimi isitish uskunalari bilan jihozlangan boʻlib -60 daraja sovuqda ham muammosiz ishlashi mumkin. Vertolyotning yuk kabinasi ham isitish tizimiga ega.
Arktik Mi-8ning uchish uzoqligi 1400 kmdan oshadi. Vertolyot havoda 7 soatdan ortiq vaqt davomida uzuluksiz boʻlishi mumkin.
Yerda esa harbiylar koʻpchilikka yaxshi tanish boʻlgan gusenitsali mototransportlardan foydalanishadi. Ularning yerga bosimi 0,28 kg/sm2. Bu piyoda odamnikidan kam degani.
Shuningdek qor-botqoqda yuruvchi transport ham bor. Ulardan razvedka, yoʻnalish solish va muzliklarni tekshirish va harbiy texnikani kuzatib borish uchun foydalanishadi.
Askar va zobitlar istiladigan kabinaga ega boʻlgan Ural va Kamaz avtomobillarida, havo yostiqchali katerlarda olib yuriladi. Ayrim boʻlinmalar hato it yoki kiyik changʻilaridan ham foydalanishadi. Ushbu qadimiy transport eng zamonaviy yoʻltanlamas ham oʻta olmagan joydan ham oʻtishi mumkin.
Arktik boʻlinmalar, albatta, maxsus kiyim-kechak bilan ham taʼminlanadi. Ularning standart kiyimi 20ta elementdan iborat boʻlib, u koʻp qavatli matolardan tikilgan. U juda yengil va qulay boʻlib, juda issiq va harakat qilishga xalal bermaydi.