Dunyoda

Troya oti: Amerikaliklar Baydendan xavotirda

© AFP 2018 / OLIVIER DOULIERYPrezident SSHA Djo Bayden
Prezident SSHA Djo Bayden - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2021
Jo Bayden sogʻligi tufayli muddatidan oldin isteʼfoga chiqsa, uning oʻrniga vitse-prezident Kamala Xarris davlatni boshqaradi.
TOSHKENT, 22 mar - Sputnik. Fox News telekanali tomoshabinlari Bayden prezidentligidan xavotirga tushib qolishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Ularning fikricha, Bayden - Troya oti, maqsadga erishish vositasi boʻlgan xolos. Yaqinda u sogʻligi tufayli isteʼfoga chiqadi va uning lavozimini vitse-prezident Kamala Xarris egallaydi. Xamma boshidan aynan Xarrisni prezident lavozimida koʻrishni istagan edi, deyilgan xabarda.

"Afsuski, Bayden mamlakatni 4 yil davomida boshqara olmaslik ehtimoli bor. Hech boʻlmasa u oʻrta saylovlargacha yetib boradi deb umid qilamiz. Oʻshanda respublikachilar senatda nazoratni oʻzlariga qaytarishlariga imkon paydo boʻladi. Xarris prezident boʻlsa - bu eng dahshatli stsenariy boʻladi", - deb izoh qoldirgan Kingdomofidiots ismli komentator.
Djo Bayden i Kamala Xarris - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.03.2021
Dunyoda
Bayden vitse-prezident Kamala Harris oʻzidan aqlliroq ekanini aytdi
Bayden allaqachon hech qanday rol oʻynamay qoʻygan. Demokratlar uning sogʻligidagi muammolarni bilan holda, unday foydalanishmoqda. Uning xotini birinchi xonim boʻlishni juda xoxlardi, shuni uchun ham erini ambarazuraga tashladi. Demokratlar Joni ayab oʻtiradi deb oʻylamanglar, ular undan keragicha foydalanib, keyin chetga surib qoʻyishadi, - deb yozgan Jeisele ismli tomoshabin.
Biroz oldin sobiq prezident maslahatchisi Stiven Miller "Bayden Amerikani barbod qilmoqda", deb xulosa qilgan edi. Uning fikriga koʻra, Bayden shpargalkasiz hatto jurnalistlar bilan oddiy intervyuni ham uddalay olmadi. Yaqinda u samolyot trapida 3 marotaba qulab tushdi. Oq uy boʻlsa, "bunga kuchli shamol sababchi, prezident oʻzini yaxshi his qilayapti" deydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala