Video

Otabekov: bolalarda aniqlanayotgan koronavirusda britancha shtamm ishtirokini inkor qilmaymiz

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari oʻrinbosari Nurmat Otabekov soʻnggi kunlarda kasallanayotgan orasida bolalarning koʻpligi yangi shtamm bilan kasallanish koʻpayayotganidan dalolat beradimi degan savolga javob berdi.
Uning maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan davr mobaynida umumiy kasallanganlarning 2-5, baʼzan 5-7 foizi bolalarga toʻgʻri kelgan. Hozirga kelib esa bu koʻrsatkich 25 foizgachani tashkil etmoqda. Demak kasallanganlarnng umumiy sonidan toʻrtdan bir qismi bolalarga toʻgʻri kelmoqda.

“Shunday ekan biz bolalarda orasida aniqlanayotgan kasallikda britancha shtammning ishtiroki borligini inkor qilmaymiz”, - dedi u.

Otabekov bir narsaga oydinlik kiritib olish zarurligini taʼkidladi. Masalan, COVID-19 va uning britancha, braziliyacha, janubiy afrikacha shtammlari boʻladimi yangi koronavirus shtammlariga bogʻliqligidan qatʼiy nazar tashxisot, davolash va profilaktikaga qaratilgan tadbirlarning bir xilligini inobatga olinadi va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar toʻla-toʻkis bajariladi.
Alleya na Gange - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2021
Jamiyat
Toshkentda bolalar orasida koronavirus bilan kasallanish 20 foizga koʻpaydi – Otabekov
Eslatib oʻtamiz, 30 yanvar kuni Oʻzbekistonga koronavirusning “britancha shtammi” kirib kelgani maʼlum boʻlgan edi. U Dubaydan safardan qaytgan 10 yoshli poytaxtlik qizaloqda aniqlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala