Jamiyat

Bir oydan koʻproq vaqt oʻtib Oʻzbekistonda yana kovid qurboni qayd etildi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishPalata v gospitale dlya patsiyentov s COVID-19
Palata v gospitale dlya patsiyentov s COVID-19  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.03.2021
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1010 nafar bemor davolanmoqda.
TOSHKENT, 24 mar — Sputnik. Kecha Oʻzbekistonda yana 119 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlar soni 81 678 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.
Yangi kasallanganlarning 1 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida, 1 nafari Andijon viloyatida, 4 nafari Buxoro viloyatida, 1 nafari Jizzax viloyatida, 2 nafari Namangan viloyatida, 1 nafari Samarqand viloyatida, 2 nafari Fargʻona viloyatida, 1 nafari Xorazm viloyatida, 13 nafari Toshkent viloyatida, 93 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bolalarda aniqlanayotgan koronavirusda britancha shtamm ishtirokini inkor qilmaymiz – Otabekov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Video
Otabekov: bolalarda aniqlanayotgan koronavirusda britancha shtamm ishtirokini inkor qilmaymiz
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 623 nafarga yetdi. Qayd etish joizki, mamlakatda oxirgi qurbon 10 fevral kuni kuzatilgan edi.
Kasallikdan jami 80 045 (+96) kishi sogʻaygan va sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1010 nafar bemordan 191 nafari ogʻir, 85 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala