Analitika

AQSH Rossiyaga qarshi “mental urush” boshlagan - Mudofaa vazirligi

Devushka za noutbukom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
"Mental urush" – bu qarama-qarshilikning yangi turi boʻlib, uning oqibatlari kelajak avlodda bilinadi va oʻshanda ularni bartaraf etib boʻlmaydi.
TOSHKENT, 25 mar — Sputnik. AQSH boshchiligida Gʻarb Rossiyaga qarshi “mental urush” boshlagan. Bu qarama-qarshilikning yangi turi boʻlib uning oqibatlari faqat kelajak avlodda bilinadi, dedi Rossiya Mudofaa vazirining maslahatchisi Andrey Ilnitskiy.
Voyennoslujaщiye SSHA. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2019
Siyosat
AQSH sovuq urush davridagi strategiyaga qaytishga qaror qildi
Ilnitskiy aytishiga qaraganda, hozirgi zavmonda odatiy urushni amalga oshirishning iloji yoʻq, axir Rossiyada yadro quroli bor. Agar yadroviy urush boshlansa – gʻoliblar boʻlmaydi, har holda Gʻarb gʻolib boʻlmasligi aniq.
Xoʻsh Vashington boshlagan “mental urush” nimasi bilan farq qiladi? Birinchi navbatda – maqsadi bilan.
Toʻgʻridan-toʻgʻri urushda – raqibning texnikasi va tirik joni yoʻq qilinadi. “Kiberurush”da – raqibning infratuzilmasiga zarba beriladi.

Yangi “mental urushda” esa – raqib davlat qadriyatlarini, oʻzligini yoʻq qilish, jamiyatning madaniy asosini buzishni maqsad qilgan, - deydi Ilnitskiy.

Bunday urushning zarbasi darhol sezilmaydi, chunki asosiy eʼtibor yosh avlod ongiga qaratilgan boʻladi. Uning taʼsiri faqat bir avlod oʻtib bilinadi. Lekin u vaqtda hech narsa oʻzgartirib boʻlmaydi. Bu orqaga qaytmas jarayon, deydi mudofaa vaziri maslahatsi.

“Mental urushga” qarshi qanday kurashish mumkin?

Andrey Ilnitskiy xulosasiga koʻra, mental urushga qarshi bir necha uslub bilan kurashish mumkin.
Birinchidan Internetni suveren qilish. Yaʼni davlat oʻz hududidagi internetga oʻzi xoʻjayinlik qilish. Bu sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash.
Ikkinchidan, yoshlar siyosatini qayta koʻrib chiqish va yangidan boshlash va uchinchidan asosiy saylovchilar boʻlgan aholining katta qismi bilan ochiq suhbat olib borish.
Protestuyuщiye vo vremya popыtki snesti pamyatnik prezidentu SSHA Endryu Djeksonu v Vashingtone - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.06.2020
Analitika
Gʻarb tarixni bosqichma-bosqich qayta koʻchirmoqda va u buning uddasidan chiqmoqda

Birinchi qadamlar

Rossiyaning media va internet sohasini nazorat qiluvchi organi – Roskomnadzor 24 mart yangi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga chiqargan edi. Unga koʻra Rossiyada ijtimoiy tarmoq va messenjerlarda roʻyxatdan oʻtayotgan kishilardan pasport, turar joy manzili, telefon raqami va elektron pochta talab qilish majburiy boʻlishi mumkin.
Bugungi kunda mobil operatorlar pasportga bogʻlanmagan sim kartalarni bloklash huquqiga ega. Undan tashqari 2021 yildan boshlab shaxsi aniqlanmagan abonentlar (korporativ yoki boshqa yoʻl bilan rasmiylashtirilgan sim karta egalari) operatorning birinchi talabiga binoan shaxsni aniqlash jarayonidan oʻtishlari kerak. Aks holda uning nomeri bloklab qoʻyiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala