Jamiyat

Koronavirus: Oʻzbekistonda yangi yildagi antirekord va yana bir qurbon

© Press-slujba mera i pravitelstva Moskvы / Fotobankka oʻtishStatsionar po borbe s koronavirusom
Statsionar po borbe s koronavirusom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 81816 (+138) nafarni tashkil etmoqda.
TOSHKENT, 25 mar — Sputnik. Kecha koronavirus bilan kasallanish boʻyicha kunlik koʻrsatkich yil boshidan beri rekord darajaga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.
“2021 yil 24 mart holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 81816 (+138) nafarni tashkil etmoqda. Bu esa yil boshidan beri kuzatilgan rekord koʻrsatkichdir”, - deyilgan xabarda.
Yangi kasallanganlarning 3 nafari Jizzax viloyatida, 2 nafari Namangan viloyatida, 2 nafari Samarqand viloyatida, 20 nafari Toshkent viloyatida, 111 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Palata v gospitale dlya patsiyentov s COVID-19  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.03.2021
Jamiyat
Bir oydan koʻproq vaqt oʻtib Oʻzbekistonda yana kovid qurboni qayd etildi
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 624 nafarga etdi.
Kasallikdan jami 80143 (+98) kishi sogʻaygan va sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1049 nafar bemordan 191 nafari ogʻir, 85 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala