Koronavirus: O‘zbekistonda yangi yildagi antirekord va yana bir qurbon

© Press-slujba mera i pravitelstva Moskvi / Mediabankka o‘tishStatsionar po borbe s koronavirusom
Statsionar po borbe s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 81816 (+138) nafarni tashkil etmoqda.
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Kecha koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha kunlik ko‘rsatkich yil boshidan beri rekord darajaga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.
“2021 yil 24-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 81816 (+138) nafarni tashkil etmoqda. Bu esa yil boshidan beri kuzatilgan rekord ko‘rsatkichdir”, - deyilgan xabarda.
Yangi kasallanganlarning 3 nafari Jizzax viloyatida, 2 nafari Namangan viloyatida, 2 nafari Samarqand viloyatida, 20 nafari Toshkent viloyatida, 111 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Palata v gospitale dlya patsiyentov s COVID-19  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2021
Bir oydan ko‘proq vaqt o‘tib O‘zbekistonda yana kovid qurboni qayd etildi
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 624 nafarga etdi.
Kasallikdan jami 80143 (+98) kishi sog‘aygan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1049 nafar bemordan 191 nafari og‘ir, 85 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Yangiliklar lentasi
0