Iqtisod

Rossiya agroxoldingi Oʻzbekistonda yangi issiqxona majmuasini barpo etmoqda

© Sputnik / Aleksey MalgavkoTomatы v teplitse
Tomatы v teplitse - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
Obʼyektning jami qurilishiga kiritiladigan sarmoyalar miqdori taxminan 15 milliard rubl deya baholanmoqda.
TOSHKENT, 25 mar – Sputnik. Rossiya agrosanoat xoldingi - "EKO-kultura" 2024 yilga kelib Oʻzbekistonda yangi issiqxona majmuasini qurib bitkazadi. 2021-yilning iyulida obʼyektning ilk navbatini ishga tushirilishi rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda kompaniya.
Xabarda aytilishicha, majmua Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanidagi 150 gektar maydonda joylashadi. U yerda yiliga uzluksiz ravishda pomidor yetishtirish mumkin boʻladi.
Butun majmuani qurib bitkazish uchun kiritiladigan investitsiyalarning umumiy hajmi — taxminan 15 milliard rublni tashkil etadi.
Tomatы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.03.2021
Iqtisod
Oʻzbekiston Rossiyaga yuboriladigan pomidorlar ustidan sifat nazoratini kuchaytiradi
Qurilish tugaguniga qadar ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ulushi qishloq xoʻjaligi xoldingining umumiy ishlab chiqarish hajmining 12 foizini tashkil etishi rejalashtirilgan.
Ishni 2024 yilgacha toʻliq yakunlash rejalashtirilgan: bu vaqtga kelib u yerda yiliga 80 ming tonnadan ortiq pomidor yetishtiriladi.
"Ishlab chiqarish quvvatining oshirilishi agroxoldingga pomidorlar bilan nafaqat RF aholisini, balki Fors qoʻltigʻi va Osiyo ahlisini taʼminlash imkonini beradi”, - deya tushuntirdi kompaniya vakili.
Fruktы na rыnke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.02.2021
Iqtisod
Oʻzbekiston 1 milliard dollarlik meva-sabzavot eksport qildi: asosiy xaridor Rossiya
"EKO-kultura" agrosanoat xoldingi — RFning eng yirik sabzavot yetishtiruvchilaridan biri sanaladi. Kompaniya Stavropol oʻlkasi, Leningrad, Tula, Lipetsk va Voronej viloyatlarida 300ga yaqin yuqori texnologiyali issiqxonalarga ega.
Asosan – pomidorlar, bodring va salat bargini yetishtirish bilan shugʻullanadi. 2025 yilga kelib issiqxonalar maydonini 1 143 gektarga oshirishni rejalashtirgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala