Kolumnistlar

Nega Eron-Xitoy hamkorligi AQShda bezovtalik, Rossiyada esa quvonch uygʻotmoqda?

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovFlag posolstva Islamskoy Respubliki Iran na Pokrovskom bulvare v Moskve.
Flag posolstva Islamskoy Respubliki Iran na Pokrovskom bulvare v Moskve. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2021
Yangi dunyoda Rossiya va Xitoyga Eron kabi kuchli, mustaqil, oʻz tarixiy ildizlarini yaxshi tushungan tsivilizatsiya-davlatlar hamkorligi kerak.
Bugungi dunyoda Jo Baydenni koʻp narsa qoniqtirmaydi, masalan, Pekin va Tehron hamkorligining yangi bosqichshga chiqishi. Oʻtgan hafta u “koʻp yillar davomida ushbu masala uni qiynab kelayotganini” maʼlum qilgan edi. Biroz oʻtib unga Eron Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Shamxani “Bayden xavotir olishi mutlaq oʻrinli” deb javob qaytardi.
“Dunyo bu nafaqat Gʻarbdan iborat. Va Gʻarb nafaqat qonunlarni tan olmaydigan AQShdan va oʻz vaʼdalarini bajarmaydigan uchta Yevropa davlatlaridan iboratdir. Bayden xavotir olishi mutlaq oʻrinli. Sharqdagi strategik hamkorlikning gullab-yashnashi AQShda “kun botishini” tezlashtiradi. Xitoy va Eron oʻrtasida yoʻl xaritasi imzolanishi faol qarama-qarshilikning bir boʻlagidir” , - dedi Ali Shamxani.
Darqaqiqat, shanba kuni Tehronda imzolangan 25 yilllik Eron va Xitoyning siyosiy, strategik va iqtisodiy hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnoma, Amerikani jiddiy xavotirga soldi.
Ushbu hujjat haqida dastlabki maʼlumotlar 2016 yilda paydo boʻlgan edi. Oʻshanda gʻarb OAVlarida turli vahimali mish-mishlar tarqalgan edi.
Yashirin protokollar! Xitoy Eron hududida harbiy bazalar tashkil qiladi. Xitoy eronning barcha boyliklarini sotib oladi va Eron qarzdor davlatga aylanadi va ho kazo gaplar. Lekin OAV qoʻliga tushgan shartnoma loyihasida bunga oʻxshash hech qanday gap yoʻq ekan, aslida boʻlishi ham mumkin emasdi.
Vizit prezidenta RF V. Putina v Kitay. Den vtoroy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.03.2021
Kolumnistlar
AQSH Saudiyani jazolasa, bundan Rossiya va Eron manfaat koʻradimi?
Chunki ikkala davlat ham dunyoning eng qadimiy tsivilizatsiyalaridan hisoblanadi va oʻz suverenitetini juda yuqori baholaydi. Bugungi kunda Eron va Xitoy real suverenitetga ega boʻlgan dunyoning kam sonli mamlakatlari qatordan oʻrin olgan. Shu sababli Xitoy investitsiyalari qanchalik ulkan boʻlmasin – ular 450 milliard dollar boʻlishi kutilmoqda – Eronni sotib olish haqida hech qanday gap boʻlishi mumkin emas.
Eron rahbariyatining ushbu qadami – kelajakka qaratilgan strategik tanlovdir va aynan ana shu holat atlantik davlatlar rahbarlarini rostakamiga xavotirga solmoqda.
Xitoy ham oʻz navbatida “Bitta belbogʻ, bitta yoʻl” strategiyasini bejizga boshlagani yoʻq. Ushbu strategiya ishga tushganidan soʻng u Gʻarbni “Xitoyni dengiz yoʻllari orqali jilovlab turish” strategiyasidan mahrum qiladi.
Bu bilan Xitoy dunyo iqtisodining yangi arxitekturasini qurmoqda. Bu Amerika oʻrniga Xitoy ustuvorlik qiladi degani emas. Bu – teng huquqlar asosida oʻzaro hamkorlik qilayotgn strategik alyanslar dunyosi boʻladi. Bunday hamkorlik avtomatik ravishda Gʻarb taʼsiring susayishiga, AQShni Yevroosiyodan siqib chiqarishga va dunyoda uning ustuvorligini yakunlashga olib keladi.
Albatta “Yangi Buyuk Ipak yoʻlining” barcha ishtirokchilari ham toʻliq mustaqillikka ega emaslar, lekin hatto ular ham Vashingtonga qaramlikdan xalos boʻlishni va oʻz iqtisodiga real investitsiyalar kiritishni istaydi.
Vzrыvы na afgano-iranskoy granitse - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.02.2021
Hodisalar
Afgʻoniston - Eron chegarasida 500ga yaqin avtomobil yonib ketdi 
Eron kabi mutlaq mustaqil davlatlar uchun esa Xitoy bilan hamkorlik qilish uchun hech qanday cheklov yoʻq. Vashington uchun esa bu bitim – tomoqqa tiqilgan suyadek boʻldi, chunki ular 40 yil davomida Eronni yakkalashga, dunyo bozorlaridan siqib chiqarib tashlashga harakat qilishdi. Tuganmas sanktsiyalar, bosimlar, urush boshlash poʻpisalari – bularning barchasi Eronni Amerikaning “birinchi raqamli dushmaniga” aylantirdi.
Lekin Eron tuganmas sanktsiyalar va cheklovlar yolgʻon ayblovlarning barchasiga dosh berib keldi va hududda oʻz taʼsirini saqlab qoldi. Ustiga ustak ular hatto amerika bosimini ularga qarshi ishlatishni boshladi. Yaqin Sharq va Islom dunyosida Eron - AQShning bosh raqibiga aylandi va har qanday ogʻir sharoitlarda, kuchli raqibga qarama-qarashlik koʻrsata olgan davlat namunaciga aylandi.
Oʻtgan davrlarda Rossiya va Xitoy Eron tomonda boʻlishdi. 2015 yilda Rossiya Eronning tinch atom dasturini saqlab qolishga yordam bergan boʻlsa, Xitoy uning bosh savdo hamkoriga aylandi. Gʻarb bilan faol qarama-qarshilik boshlanguniga qadar Xitoy oʻzining Eron bilan munosabatlarini biroz cheklab turishga majbur boʻlsada, endi buning hojati yoʻq. Demak - Tehron bilan hamkorlik jadallashadi.
Eron anchadan buyon SHHTga aʼzo boʻlish arafasida turibdi. U bir necha oʻnlab yillardan buyon ushbu tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega. Eronning SHHTga kirishi – uning geosiyosatda Rossiya va Xitoyga xayrixoh ekanining soʻzsiz isbotiga aylanadi.
Harbiy sohada esa, Rossiya va Eron hamkorligi allaqachon yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Bunga nafaqat Rossiya qurolarini sotib olish, balkim Suryada jang maydonida hamkorlik, Hind okeanida uch davlat birgalikda oʻtkazgan harbiy dengiz floti oʻquv mashgʻulotlari va boshqa misollar bor.
Voyennoslujaщiye na baze NATO - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.01.2020
Analitika
Eron-Amerika urushi juda yaqinimizda - Xitoy OAVlari
Eron – Katta Yaqin Sharqning asosiy ishtirokchilaridan biridir. Sunniy arablar va Shiya forslar orasida ziddiyatlar qanchalik boʻrttirilmasin, Rossiya va Xitoy ushbu hudduda tinchlik boʻlishi, Eron va uning qoʻshnilari orasida hamkorlik munosabatlari rivojlanishi tarafdori.
Amerikaliklar Yaqin Sharqdagi ichki ziddiyatlarni oʻz foydasiga ishlatishga qanchalik urinishmasin ular Eronni sindira olmadi. Iroq yoʻq qilinganidan soʻng esa, hududda Eronning roli yanada kuchaydi. Yaqin 10 yillikda hududda AQSH roli susayishi, Rossiya va Xitoy oʻrni esa kuchayishi kutilmoqda.
Xitoy hudud uchun koʻproq savdo va investitsion hamkor boʻlsa, Rossiya – siyosiy garant (va arbitr), AQShga qaramlikdan xalos qiluvchi harbiy hamkor boʻlishi kutilmoqda.
Eron boʻlsa, AQSH bilan 40-yillik qarama-qarshilikni yengib oʻtib, Xitoy investitsiyalarini olgan va rossiya bilan aloqalarni mustahkamlagan holda, jumladan YEOII bilan iqtisodiy aloqalarni kuchaytirib – oʻz iqtisodini jiddiy koʻtarib olish imkoniga ega.
Sanktsiyalar tufayli Eron iqtisodi “Katta yigirmatalik” darajasiga yetmayotgan boʻlsa-da, uning ulkan potentsiali bor. Kelajakda Eron ushbu yirik davlatlar klubida oʻringa ega boʻlishga haqli.
Rossiya va Xitoyga esa yangi dunyoda aynan shunday hamkorlar kerak – kuchli, mustaqil, oʻz tarixiy ildizlarini yaxshi biladigan va oʻz milliy manfaatlarini himoya qilishga qodir boʻlgan tsivilizatsiya-davlatlar.
Eron va uning qoʻshnisi Turkiya, soʻzsiz, ana shunday davlatlar qatoridan oʻrin olgan – Rossiyaning qoʻshnisi va Xitoyning hamkori.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala