https://oz.sputniknews-uz.com/20210402/orolboyi-hududi---moynoqda-ikkita-zamonaviy-bolalar-bogchasi-foydalanishga-topshirildi-18107213.html
Orolboʻyi hududi - Moʻynoqda ikkita zamonaviy bolalar bogʻchasi foydalanishga topshirildi
Orolboʻyi hududi - Moʻynoqda ikkita zamonaviy bolalar bogʻchasi foydalanishga topshirildi
TOSHKENT, 2 apr – Sputnik. Kuni kecha, 1-aprel kuni Qoraqalpogʻistonning Orolboʻyi hududida ikkita zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari foydalanishga
2021-04-02T10:26+0500
2021-04-02T10:26+0500
2021-04-02T10:26+0500
jamiyat
orol dengizi
bolalar
qoraqalpogʻiston
islohotlar
maktabgacha taʼlim
oʻzbekiston
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/04/02/18106069_0:257:2731:1793_1920x0_80_0_0_290b94900067047a124de70e47f7812a.jpg
TOSHKENT, 2 apr – Sputnik. Kuni kecha, 1-aprel kuni Qoraqalpogʻistonning Orolboʻyi hududida ikkita zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari foydalanishga topshirildi, deb xabar berdi tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.Moʻynoq tumanida ochilgan bolalar maktabgacha taʼlim tashkilotining biri 60 oʻringa va ikkinchisi 100 oʻringa moʻljallangan.Oltmish oʻringa moʻljallangan MTT 4 guruhga moslashtirilib qurilgan boʻlib, unda 31 nafar xotin-qizlar ish bilan taʼminlangan.2020-yil "Investitsiya" dasturiga kirgan "Aral" MFY hududida barpo etilgan 100 oʻrinli zamonaviy, barcha sharoitlarga ega maktabgacha taʼlim tashkilotida ham tumandagi ishsiz, “Ayollar daftari” va “Temir daftar”da roʻyxatda turgan 32 nafar xotin-qizlar ish bilan taʼminlangan.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanida maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 27taga yetgan, ulardan 17tasi davlat, 8tasi oilaviy va 2tasi davlat-xususiy sherikchilik asosida qurilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlaridir.Orolboʻyi hududi - Moʻynoq tumanida 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan jami bolalar soni 2403 nafarni tashkil etadi. Maktabgacha taʼlim boʻlimi tassarufidagi 27 ta MTTlarga 2348 nafar (qariyb 98%) bolalar kamrab olingan. .Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida: 230 nafar pedagogik kadrlar ishlaydi, shundan 60 nafari oliy maʼlumotli mutaxassislar, 154 nafari oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlsa, 16 nafari tugallanmagan oliy maʼlumotga ega.
https://oz.sputniknews-uz.com/20180522/Bochada-bolalar-soliiga-masul-blgan-khodimlarning-vazifalari-tasdilandi-8275438.html
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Dilshoda Rahmatova
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/341/49/3414917_1347:-1:4803:3456_100x100_80_0_0_5198035d4c73cd2438d90bacfec93205.jpg
Dilshoda Rahmatova
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/341/49/3414917_1347:-1:4803:3456_100x100_80_0_0_5198035d4c73cd2438d90bacfec93205.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/04/02/18106069_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_8dd1661ed1fd5f97091f4c1e7b687fa2.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Dilshoda Rahmatova
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/341/49/3414917_1347:-1:4803:3456_100x100_80_0_0_5198035d4c73cd2438d90bacfec93205.jpg
orol dengizi, bolalar, qoraqalpogʻiston, islohotlar, maktabgacha taʼlim, oʻzbekiston
Orolboʻyi hududi - Moʻynoqda ikkita zamonaviy bolalar bogʻchasi foydalanishga topshirildi
Dilshoda Rahmatova
redaktor
Biri 60, ikkinchisi 100 oʻringa moʻljallangan, barcha sharoitlarga ega, zamonaviy va ekologik jihozlar bilan jihozlangan maktabgacha taʼlim tashkiloti mahalliy va xorijiy OAV vakillari ishtirokida tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
TOSHKENT, 2 apr – Sputnik. Kuni kecha, 1-aprel kuni Qoraqalpogʻistonning Orolboʻyi hududida ikkita zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari foydalanishga topshirildi, deb xabar berdi tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan
Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
Moʻynoq tumanida ochilgan bolalar maktabgacha taʼlim tashkilotining biri 60 oʻringa va ikkinchisi 100 oʻringa moʻljallangan.
Oltmish oʻringa moʻljallangan MTT 4 guruhga moslashtirilib qurilgan boʻlib, unda 31 nafar xotin-qizlar ish bilan taʼminlangan.
2020-yil "Investitsiya" dasturiga kirgan "Aral" MFY hududida barpo etilgan 100 oʻrinli zamonaviy, barcha sharoitlarga ega maktabgacha taʼlim tashkilotida ham tumandagi ishsiz, “Ayollar daftari” va “Temir daftar”da roʻyxatda turgan 32 nafar xotin-qizlar ish bilan taʼminlangan.
"Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tumanimizga qilgan safarlarining birida "Madaniyat - Moʻynoqdan boshlanadi", degan bir taʼsirli jumlani aytgan edilar. Bugun Qoraqalpogʻistondagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari rivojlanishi yoʻlida amalga oshirilayotgan barcha ishlarni Moʻynoq tumani koʻlamida koʻrsatib berishni istardim. Tumanimizda har yili yangi bogʻchalar ochilmoqda. Men vazir etib tayinlangan vaqtda tumanimizda bolalarning MTTlar bilan qamrovi 31 foizni tashkil etgan boʻlsa, joriy yil bu koʻrsatkich 97,7 foizga yetdi. Bu Respublikadagi eng yuqori ikkinchi koʻrsatkichdir. Moʻynoq aholisi qiyin sharoitda yashagani bilan, tuman aholisi oʻz farzandlari uchun eng yaxshi sharoitlarni ravo koʻradilar. Masalan, til oʻrganish, odamning jamiyatdagi oʻrni aynan shu yerdan - bogʻchadan boshlanadi va Moʻynoq aholisi buni chuqur anglaydi" - dedi tantanali ochilish marosimidan soʻng Sputnik muxbiriga bergan intervyusida Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri Jumagul Usnatdinova.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanida maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 27taga yetgan, ulardan 17tasi davlat, 8tasi oilaviy va 2tasi davlat-xususiy sherikchilik asosida qurilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlaridir.
Orolboʻyi hududi - Moʻynoq tumanida 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan jami bolalar soni 2403 nafarni tashkil etadi. Maktabgacha taʼlim boʻlimi tassarufidagi 27 ta MTTlarga 2348 nafar (qariyb 98%) bolalar kamrab olingan. .
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida: 230 nafar pedagogik kadrlar ishlaydi, shundan 60 nafari oliy maʼlumotli mutaxassislar, 154 nafari oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlsa, 16 nafari tugallanmagan oliy maʼlumotga ega.