Dunyoda

Qirgʻizistonlik diplomat vafot etdi. Bunga vaktsina sabab boʻlishi mumkin

© Sputnik / Tatyana Makeyeva / Fotobankka oʻtishMeditsinskiy sotrudnik ustanavlivayet kapelnitsu v statsionare dlya bolnыx s koronavirusnoy infektsiyey
Meditsinskiy sotrudnik ustanavlivayet kapelnitsu v statsionare dlya bolnыx s koronavirusnoy infektsiyey - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.04.2021
Qirgʻiziston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik xizmati departamenti direktori oʻrinbosari Baxtiyor Shakirov vafot etdi.
TOSHKENT, 2 apr — Sputnik. Qirgʻiziston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik xizmati departamenti direktori oʻrinbosari Baxtiyor Shakirov Onalar va bolalarni himoya qilish milliy markazida vafot etdi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston Bishkek shahar Lenin tumani IIB matbuot xizmatiga asosan xabar qildi.
Voqea joyiga etib borgan militsiya xodimlari dastlabki maʼlumotlarni olishdi. Xususan, 31 mart kuni soat taxminan 22:30 da Shakirov tibbiyot muassasasiga kapelnitsa va ukol olish uchun oʻz dori-darmonlari bilan kelgan. Hamshiralar barcha muolajalarni bajargandan soʻng, u oʻzini yomon his qiladi. Shoshilinch yordam koʻrsatilishiga qaramay, hushini yoʻqotadi va shu yerning oʻzida vafot etadi.
Vaktsina AstraZeneca - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Dunyoda
Frantsiyada AstraZeneca bilan emlangan talaba vafot etdi
Mazkur holat yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlandi.
Keyinchalik sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha media ekspert Yelena Bayalinova Shakirovning qarindoshlariga asoslanib, bir kun oldin u koronavirusga qarshi emlanganligini aytadi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi bu maʼlumotni rad etib, Shakirov emlanganlar roʻyxatida yoʻqligi haqida xabar qildi. Vafot etgan diplomatning tanasida emlash izi yoʻqligi maʼlum qilindi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala