Dushanbedan Rossiyaga rejalashtirilgan birinchi muntazam parvoz amalga oshmadi: sabablar
Dushanbedan Rossiyaga rejalashtirilgan birinchi muntazam parvoz amalga oshmadi: sabablar
TOSHKENT, 3 apr — Sputnik. Ikkinchi apreldan uchinchi aprelga oʻtar kechasi amalga oshishi lozim boʻlgan birinchi muntazam parvoz amalga oshmadi, deb xabar bermoqda
TOSHKENT, 3 apr — Sputnik. Ikkinchi apreldan uchinchi aprelga oʻtar kechasi amalga oshishi lozim boʻlgan birinchi muntazam parvoz amalga oshmadi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston.Xabarda aytilishicha, Dushanbe vaqti bilan 2:00 da "YUTeyr" aviakompaniyasi samolyoti Tojikistonning bir guruh fuqarolarini Moskvaga olib borishi kerak edi. Ammo samolyot bortiga faqatgina Rossiyaga kirib borishi uchun asosga ega boʻlgan fuqarolar qoʻyilgan.Nashr xabariga koʻra, ayni vaqtda 249 kishi parvozga ruxsat ololmagan.Taʼkidlanishicha, ularning samolyot bortiga qoʻyilmagani sababi – Rossiya hududiga kirib borish uchun ularda asos boʻlmaganida."Faqatgina fuqarolikka yoki Rossiyada vaqtincha yashash huquqiga ega boʻlganlar, tibbiy maʼlumotnomasi borlar va ishlash uchun ruxsat beruvchi hujjati borlar reysga qoʻyilgan. Ammo 249 yoʻlovchilarga samolyot bortiga chiqishga rad javobi berilgan”, - deyiladi xabarida.Shuningdek, 169 kishi koronavirusga testdan oʻtmagan boʻlgan, nashr bu jarayon ham migrantlarga juda qimmatga tushayotganini qayd etib oʻtgan.Maʼlum qilinishicha, qolgan fuqarolar 9 aprel kuni RFga uchishlari rejalashtirilgan.Rossiya 1 aprel sanasidan boshlab Tojikiston bilan avia-parvozlarni tiklash borasida kelishuvga erishgan edi.Muntazam parvozlar "YUTeyr" va "SomonEyr" aviakompaniyalari tomonidan amalga oshirilishi aytilgandi.
Dushanbe-Moskva yoʻnalishida 2 aprel kuniga rejalashtirilgan birinchi parvoz amalga oshmadi, 249 nafar fuqaro Rossiyaga bora olmadi.
TOSHKENT, 3 apr — Sputnik. Ikkinchi apreldan uchinchi aprelga oʻtar kechasi amalga oshishi lozim boʻlgan birinchi muntazam parvoz amalga oshmadi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston.
Xabarda aytilishicha, Dushanbe vaqti bilan 2:00 da "YUTeyr" aviakompaniyasi samolyoti Tojikistonning bir guruh fuqarolarini Moskvaga olib borishi kerak edi. Ammo samolyot bortiga faqatgina Rossiyaga kirib borishi uchun asosga ega boʻlgan fuqarolar qoʻyilgan.
Nashr xabariga koʻra, ayni vaqtda 249 kishi parvozga ruxsat ololmagan.
Taʼkidlanishicha, ularning samolyot bortiga qoʻyilmagani sababi – Rossiya hududiga kirib borish uchun ularda asos boʻlmaganida.
"Faqatgina fuqarolikka yoki Rossiyada vaqtincha yashash huquqiga ega boʻlganlar, tibbiy maʼlumotnomasi borlar va ishlash uchun ruxsat beruvchi hujjati borlar reysga qoʻyilgan. Ammo 249 yoʻlovchilarga samolyot bortiga chiqishga rad javobi berilgan”, - deyiladi xabarida.