Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Iqtisod

Surxondaryoda "Zarchob-1" kichik GESi ishga tushirildi

© Press slujba "Uzbekgidroenergo"V Surxandarye vveli v stroy maluyu GES "Zarchob-1"
V Surxandarye vveli v stroy maluyu GES Zarchob-1 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.04.2021
GES uchun zaruriy texnologik qurilmalar Xitoy tomonidan yetkazib berilgan
TOSHKENT, 3 apr – Sputnik. Curxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida bugun, 3 aprel kuni yangidan barpo etilgan "Zarchob-1" kichik GES ishga tushirildi, deb xabar bermoqda “Oʻzbekgidroenergo” axborot xizmati.
Tantanali marosimda “Oʻzbekgidroenergo” AJ rahbariyati, viloyat hokimligi mutasaddilari, “Toʻpolang GES” UK, “Zarchob-1 kichik GES” masʼul vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etgan.
Na Sardobinskom vodoxraniliщe v Sыrdarinskoy oblasti nachalos stroitelstvo maloy gidroelektrostantsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.04.2020
Jamiyat
Sirdaryoda kichik GES qurilishi boshlandi
Qurilishi 2017 yilda boshlangan “Zarchob-1” kichik GES “Gidroproyekt” AJ (“Oʻzbekgidroenergo” AJning tizim tashkiloti) tomonidan loyihalashtirilgan.
GES uchun zaruriy texnologik qurilmalar esa Xitoyning yetakchi kompaniyasi boʻlmish “Dongfang Electric International Corporation” tomonidan yetkazib berilgan.
“Zarchob-1” kichik GESga 2 ta gidroagregat oʻrnatish belgilangan boʻlib, ularning umumiy quvvati 37,4 MVtni tashkil etadi.
“Zarchob-1” kichik GESda qurilish-montaj ishlari yakunlanib, sozlash va sinovdan oʻtkazish ishlari, avtomatik tizim boshqaruvini markazlashgan boshqarmadan boshqarish ishlari amalga oshirilgan.
Xabarda aytilishicha, stantsiyadagi gidroinshootlar sinov-tajriba jarayonidan muvaffaqiyatli oʻtgan. Toʻpolang daryosidan suv olib oʻtuvchi "Zarchob-1" kichik GESga keluvchi 480 m uzunlikdagi tunnel va 1 300 m uzunlikdagi kanalda suv haydalib, sinov ishlari oʻtkazilgan. Bosimli hovuzdagi suv koʻtarish inshootlari ishchi shay holatiga keltirilib, belgilangan tartibda sinovdan oʻtkazildi.
"Eng ahamiyatli jihati shundaki, ushbu resurslar tabiiy va qayta tiklanuvchandir. GESlar tomonidan ekologiyaga hech qanday zarar yetkazmagan holda, barqaror energiya ishlab chiqarilib, viloyat sanoat korxonalari, turli idoralar va mahalliy aholiga yetkazib beriladi", - deb taʼkidlaydi "Oʻzbekgidroenergo matbuot xizmati.
Mazkur loyihani ishga tushirilishi natijasida Surxondaryo viloyatining elektr energiyaga boʻlgan talabining muayyan qismini, sanoat va iqtisodiyot korxonalarini gidroenergiya hisobidan taʼminlash imkoni vujudga keladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala