Sport

Dzyudochi Sardor Nurillayev Osiyo chempioni boʻldi

© Press-slujba Federatsii dzyudo UzbekistanaDzyudoist Sardor Nurillayev zavoyeval titul chempiona Azii
Dzyudoist Sardor Nurillayev zavoyeval titul chempiona Azii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.04.2021
Dzyudo boʻyicha Osiyo-Okeaniya chempionatining ilk kuni Oʻzbekiston vakillari 5 ta medalga ega chiqishdi.
TOSHKENT, 6 apr — Sputnik. Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida boshlangan dzyudo boʻyicha Osiyo-Okeaniya chempionatining ilk kuni oʻz yakuniga yetdi. Unda oʻzbekistonlik dzyudochi Sardor Nurillayev Osiyo chempioniga aylandi.
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi xabariga koʻra, -66 kg vazn toifasidagi dzyudochi Nurillayev oltin medal uchun kechgan bellashuvda koreyalik An Baulga qarshi tatamiga chiqqan.
Murosasiz bahsda Nurullayev Toshkent “Katta Dubulgʻa” turnirining oltin medali sohibi An Baulni ippon (ikkita vazari) bahosi evaziga magʻlubiyatga uchratgan va unvonlari hisobiga Osiyo chempionligini qoʻshib qoʻygan.
V 2021 godu v Tashkente proydet chempionat mira po dzyudo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.01.2020
Sport
Oʻzbek sporti tarixida ilk bor: Toshkentda 2021 yil dzyudo boʻyicha JCH oʻtkaziladi
Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmatining xabariga koʻra, oʻzbekistonlik dzyudochi Diyora Keldiyorova koreyalik raqibiga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan kifoyalangan. Gulnur Muratbayeva, Sita Qadamboyeva hamda Nilufar Ermagambetova bronza medali uchun bahsda ustun kelgan.
Shu tariqa Osiyo-Okeaniya chempionatining dastlabki kunida oʻzbekistonlik sportchilar bittadan oltin va kumush hamda uchta bronza medaliga sazovor boʻlishdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala