https://oz.sputniknews-uz.com/20210407/ozbekiston-va-qirgiziston-550-mln-dollardan-ziyod-60-ta-loyihani-amalga-oshiradi-18198393.html
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston 550 mln dollardan ziyod 60 ta loyihani amalga oshiradi
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston 550 mln dollardan ziyod 60 ta loyihani amalga oshiradi
TOSHKENT, 7 apr — Sputnik. Oʻzbekiston va Qirgʻiziston sanoat kooperatsiyasi sohasida 550 mln dollardan ortiq boʻlgan 60 ta qoʻshma loyihani amalga oshiradi. Bu haqda
2021-04-07T13:34+0500
2021-04-07T13:34+0500
2021-04-07T13:34+0500
innoprom 2021
sardor umurzakov
qirgʻiziston
hamkorlik
oʻzbekiston
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/04/07/18194800_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_7894ace7006f39bf6314f2588002938f.jpg
TOSHKENT, 7 apr — Sputnik. Oʻzbekiston va Qirgʻiziston sanoat kooperatsiyasi sohasida 550 mln dollardan ortiq boʻlgan 60 ta qoʻshma loyihani amalga oshiradi. Bu haqda Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning Qirgʻiziston energetika va sanoat vaziri Kubanchibek Turdubayev bilan uchrashuvida maʼlum boʻldi.“Innoprom” koʻrgazmasida doirasida boʻlib oʻtgan ushbu uchrashuvda tomonlar sanoat kooperatsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni qabul qilgan. Unda 550 mln dollardan ortiq boʻlgan 60 ta qoʻshma loyihani amalga oshirish koʻzda tutilgan.Oʻzbekiston erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, “Yoʻl xaritasi”ni yangi sanoat loyihalari bilan toʻldirish uchun birgalikda ish olib borish maqsadida yaqin hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.Energetika sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Sohaga oid bir qator masalalar muhokama qilindi, ularning hal etilishi bu boradagi qoʻshma loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirish imkonini beradi.Qayd etish joizki, mavjud ikki tomonlama kelishuvlarga koʻra, bu yil davomida oʻzbek-qirgʻiz savdo hajmini 1 mlrd dollarga, keyingi bir necha yil davomida esa 2 mlrd dollarga yetkazish vazifasi qoʻyilgan. Shu nuqtai nazardan, tomonlar yetkazib berish tizimini tashkil etish hamda Oʻzbekiston va Qirgʻizistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni istiqbolli bozorlarga olib chiqish boʻyicha ulgurji-taqsimot va logistika markazlarini rivojlantirishni jadallashtirishga kelishib oldi.
https://oz.sputniknews-uz.com/20210402/ozbekiston-qirgizistonda-tikuvchilik-fabrikasini-18111061.html
qirgʻiziston
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/04/07/18194800_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_477248cd1c1ead9fd4ccae85e81e82e0.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
innoprom 2021, sardor umurzakov, qirgʻiziston, hamkorlik, oʻzbekiston
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston 550 mln dollardan ziyod 60 ta loyihani amalga oshiradi
Oʻzbkiston va Qirgʻiziston “Yoʻl xaritasi”ni qabul qildi. Unda 550 mln dollardan ortiq boʻlgan 60 ta qoʻshma loyihani amalga oshirish koʻzda tutilgan.
TOSHKENT, 7 apr — Sputnik. Oʻzbekiston va Qirgʻiziston sanoat kooperatsiyasi sohasida 550 mln dollardan ortiq boʻlgan 60 ta qoʻshma loyihani amalga oshiradi. Bu haqda Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning Qirgʻiziston energetika va sanoat vaziri Kubanchibek Turdubayev bilan uchrashuvida
maʼlum boʻldi. “Innoprom” koʻrgazmasida doirasida boʻlib oʻtgan ushbu uchrashuvda tomonlar sanoat kooperatsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni qabul qilgan. Unda 550 mln dollardan ortiq boʻlgan 60 ta qoʻshma loyihani amalga oshirish koʻzda tutilgan.
Oʻzbekiston erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, “Yoʻl xaritasi”ni yangi sanoat loyihalari bilan toʻldirish uchun birgalikda ish olib borish maqsadida yaqin hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
Energetika sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Sohaga oid bir qator masalalar muhokama qilindi, ularning hal etilishi bu boradagi qoʻshma loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirish imkonini beradi.
Qayd etish joizki, mavjud ikki tomonlama kelishuvlarga koʻra, bu yil davomida oʻzbek-qirgʻiz savdo hajmini 1 mlrd dollarga, keyingi bir necha yil davomida esa 2 mlrd dollarga yetkazish vazifasi qoʻyilgan.
Shu nuqtai nazardan, tomonlar yetkazib berish tizimini tashkil etish hamda Oʻzbekiston va Qirgʻizistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni istiqbolli bozorlarga olib chiqish boʻyicha ulgurji-taqsimot va logistika markazlarini rivojlantirishni jadallashtirishga kelishib oldi.