Rossiya elchisi qachon AQShga qaytadi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishChrezvichayniy i polnomochniy posol RF v SShA Anatoliy Antonov vixodit iz zdaniya Soveta Federatsii
Chrezvichayniy i polnomochniy posol RF v SShA Anatoliy Antonov vixodit iz zdaniya Soveta Federatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov Moskvaga 17-mart kuni maslahatlashish uchun chaqirilgan edi.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov yaqin kunlarda, hoynahoy, Vashingtonga qaytmaydi. Bu haqda RIA Novostiga Rossiya TIV rahbarining o‘rinbosari Sergey Rabkov ma’lum qildi.
“Bu yaqin kunlar masalasi emas. Muddatni Vashington tomonidan ikki tomonlama trekda qaysi qadamlarni tashlashiga qarab belgilaymiz”, - dedi Rabkov.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Moskva AQSh ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilash sari biror bir chora ko‘rishini kutapti.
Flagi Rossii i SShA v aeroportu Vnukovo-2 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2021
“Og‘ir munosabatlar”. Nega Rossiya elchisi AQShga qaytishi lozim
Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov Moskvaga 17-mart kuni maslahatlashish uchun chaqirilgan edi. Bu Amerika yetakchisi Jo Baydenning ABC telekanaliga bergan intervyusidan keyin ro‘y berdi. Intervyu paytida Oq uy rahbari jurnalistning u Vladimir Putinni “qotil” (killer) deb hisoblaydimi degan savol “ha” deb javob bergandi.
Putin bunga javoban unga sog‘lik-salomatlik tiladi va “boshqa kishilarga baho berish – oynaga qarash bilan barobar ekanini” qayd etdi. Qolaversa, Rossiya prezidenti Baydenga munozarani jonli efirda davom ettirishni taklif qilib, suhbatni paysalga solmaslikka chaqirdi.
Moskvada Antonov qator uchrashuvlar, xususan, TIV, Davlat dumasi, Federatsiya Kengashida o‘tkazdi. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning ma’lum qilishicha, elchining Vashingtonga qaytishi to‘g‘risidagi qarorni prezident qabul qiladi.
Yangiliklar lentasi
0