Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Siyosat

Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi kutilmoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev na trape samolyota
Shavkat Mirziyoyev na trape samolyota - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.04.2021
Prezident matbuot kotibi- Sherzod Asadov Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi kutilayotganini maʼlum qildi
TOSHKENT, 9 apr - Sputnik. 5 aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgan, unda hamkorlikning muhim masalalari haqida fikr almashilgan, dedi bugun boʻlib oʻtgan brifing davomida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Press-sekretar  prezidenta Uzbekistana Sherzod Asadov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2021
Siyosat
Tez-tez uchrashamiz: Mirziyoyevning matbuot kotibi OAV bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqda
Ayni vaqtda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov brifing oʻtkazmoqda.
Maʼlum qilinishicha, 13-14 aprel kunlari Oʻzbekistonga Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining raisi, Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Kristin Lindening tashrif buyurishi va Shavkat Mirziyoyev qabulida boʻlishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, kelayotgan haftada Mirziyoyevning Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan videomuloqoti moʻljallangan.
️"Oʻzbekiston Prezidentining Rossiya Federatsiyasi va Koreya Respublikasiga tashrifi rejalashtirilmoqda. 5 aprel kuni Prezidentimiz RF sanoat va savdo vaziri Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiya hamda 6 aprel kuni Koreya parlamentining Milliy Assambleya Spikeri Pak Byon Sok boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgan, unda hamkorlikning muhim masalalari haqida fikr almashilgan. Har ikki mamlakatga Shavkat Mirziyoyevning tashrifi rejalashtirilmoqda", - degan Asadov.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala