Jamiyat

Toshkentda Ramazon oyida qator koʻchalar yopiladi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarovmechet Sheyxa Muxammada Sadыka Muxammada Yusufa s sada
mechet Sheyxa Muxammada Sadыka Muxammada Yusufa s sada - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.04.2021
Toshkentdagi oltita koʻcha taroveh namozlari vaqtida transport harakati uchun toʻliq yopiladi.
TOSHKENT, 12 apr — Sputnik. Toshkent shahrida Muqaddas Ramazon oyida taroveh namozi munosabati bilan masjidlar yaqinidagi yoʻllar transport vositalari harakati uchun yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qildi.
1/6
2/6
3/6
4/6
5/6
6/6
1/6
2/6
3/6
4/6
5/6
6/6
Oltita koʻchada harakat har kuni soat 18:00 dan 23:00 gacha cheklanadi.
Yopiladigan koʻchalar:
Lutfiy koʻchasi (faqat masjid tomoni, qarama qarshi tomon harakat uchun ochiq boʻladi) - Katta Qani koʻchasi bilan kesishmadan Katta Xirmontepa koʻchasi bilan kesishgan yoʻlgacha;
Koʻkcha Darvoza koʻchasi Beshqayragʻoch koʻchasidan Nurafshon koʻchasigacha;
Keles koʻchasi Noraztepa koʻchasidan Gulsaroy koʻchasigacha;
Kamolon koʻchasi Samarqand Darvoza koʻchasidan Bunyodkor koʻchasigacha;
Al-Xorazmiy koʻchasi Katta Qani koʻchasidan Katta Xirmontepa koʻchasigacha;
Qoraqamish-3 koʻchasi Qoraqamish-1 koʻchasidan Keles yúli koʻchasigacha.
“Holatga qarab, namozxonlar soni koʻpayib ketgan taqdirda masjidga tutashgan boshqa yoʻllar ham yopilishi mumkin”, - deyiladi xabarda.
Shahar rasmiylari haydovchilardan taroveh namozlari vaqtida masjidlar atrofidagi koʻchalarni chetlab oʻtishni iltimos qilgan.
Prazdnovaniye Namaz xayit v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Jamiyat
Ramazon oyi qachon boshlanishi maʼlum boʻldi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala