Iqtisod

Barcha terminallar “Humo” va “Uzcard” kartalarini qabul qiladi

Uzcard - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.04.2021
Terminallar 2021 yil oxiriga qadar har ikki turdagi kartalarni qabul qilishni boshlashi kutilmoqda.
TOSHKENT, 13 apr — Sputnik. “Humo” va “Uzcard” toʻlov tizimlari hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzoladi. Bu haqda Uzcard matbuot xizmati xabar berdi.
Kompaniyalar bir nechta qoʻshma loyihalarni ishga tushiradi. Infratuzilmalarning bosqichma-bosqich integratsiyasi ulardan birinchisi boʻladi. Terminallar 2021 yil oxiriga qadar har ikki turdagi kartalarni qabul qilishni boshlashi kutilmoqda.
“Infratuzilmalarning integratsiyasi karta egalari, banklar va biznes egalariga sezilarli foyda keltiradi. Xaridorlarning savdo nuqtalariga kelgach qaysi terminallardan foydalanish mumkinligi haqidagi oʻylari yoʻqoladi, tadbirkorlar esa ikkala kartadan toʻlovlarni bitta terminal orqali qabul qilishlari mumkin boʻladi”, dedi Milliy banklararo protsessing markazi direktori Shuhratbek Qurbonov.
Terminal oplatы bankovskimi kartami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.06.2020
Jamiyat
“Humo” va “Uzcard” toʻlov tizimlari integratsiyalashtiriladi
Shu bilan birga, Qurbonovning soʻzlariga koʻra, “Humo” va “Uzcard” Oʻzbekistonning toʻlov xizmatlari bozorida raqobat muhitini yaratishda davom etadi.
Shuningdek, memorandum doirasida kompaniyalar karta egalari, banklar, toʻlov tashkilotlari va chakana savdo nuqtalarining manfaatlarini himoya qilishga, naqdsiz toʻlovlarni ragʻbatlantirish uchun texnologiyalarni takomillashtirishga, shuningdek, axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha loyihalarni amalga oshirishga kelishib olgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq “Humo” va “Uzcard” toʻlov tizimlari integratsiyalashtirilishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala