Dunyoda

Ispaniyada AstraZeneca bilan emlangan erkak vafot etdi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishShprits na fone logotipa AstraZeneca
Shprits na fone logotipa AstraZeneca - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.04.2021
Ispaniyada AstraZeneca bilan emlangan oʻttiz yoshli erkak vafot etdi.
TOSHKENT, 13 apr — Sputnik. Ispaniyaning Toledo shahrida (Kastiliya-La-Mancha) oʻttiz yoshli erkak koronavirusga qarshi AstraZeneca preparati bilan emlanganidan soʻng vafot etdi, deb xabar qildi Encastillalamancha mahalliy nashri.
Erkak mahalliy institutlardan birida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Xabar qilinishicha, u 9-aprel kuni ogʻir tromboz bilan kasalxonaga yotqizilgan. Shu kunning oʻzida tibbiyot muassasasi mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ispaniyaning Dori vositalari va sogʻliqni saqlash mahsulotlari agentligini (AEMPS) bemorga bu preparat salbiy taʼsir koʻrsatgani haqida xabar berdi. Erkak bir necha kun ogʻir ahvolda reanimatsiya boʻlimida boʻlgan va 12 aprelda vafot etdi.
Vaktsina AstraZeneca - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.04.2021
Dunyoda
Britaniyada AstraZeneca bilan emlangach, yetti kishi tromb tufayli vafot etdi
Hukumat AstraZeneca vaktsinasidan foydalanish natijasida nojoʻya reaktsiya yuzaga kelgan, deb taxmin qilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, mart oyida Yevropa ittifoqi davlatlarida AstraZeneca bilan emlangan fuqarolarda salbiy oqibatlar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqala boshlagan edi.
Birinchi boʻlib bu haqda Avstriya bong urdi. Bu davlatda emlash jarayonidan soʻng bir kishida koʻpsonli tromboz yuzaga kelgan va u oradan 10 kun oʻtib vafot etgan, yana bir kishi esa emlashdan soʻng oʻpka arteriyasi tromboemboliyasi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala