Hodisalar

Chiroqchida kaltaklangan oʻqituvchi ishi yuzasidan jinoiy ish ochildi

Kulak - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.04.2021
Qashqadaryo viloyatida oʻquvchiga 2 baho qoʻygan ingliz tili oʻqituvchisi kaltaklangan edi.
TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida 134-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ingliz tili fani oʻqituvchisining kaltaklangani yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatildi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.
Jinoyat ishi 13 aprel kuni Oʻzbekiston JKning 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (Bezorilik ) bilan ochilgan.
Aniqlanishicha, Umakay qishlogʻida yashovchi fuqarolar O.J, O.N va X.B. 6 aprel kuni maktabga kelishgan. Keyin goʻyoki ukasi, shu maktabdagi 6-“A” sinf oʻquvchisi O.M.ga asossiz qoniqarsiz ikki baho qoʻyilganini bahona qilib, hech bir sababsiz oʻqituvchining yuz qismiga bir necha marotaba qasddan urishgan.
Bolnitsa, foto iz arxiva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.08.2020
Hodisalar
Jizzaxning Zomin tumanida tez yordam shifokori kaltaklandi
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Shu oʻrinda bugungi kunda jamiyatimizda oʻqituvchilarning nufuzi va maqomini oshirish davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishi ekanligini, oʻqituvchilarning kasbiy faoliyatiga bu kabi noqonuniy aralashuvlar albatta jazosiz qolmasligini eslatib oʻtamiz”, - deyilgan vazirlik xabarida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala