Hodisalar

Chortoqda kanalga itarib yuborilgan qizning buvisi kelini nega bu ishga qoʻl urganini aytdi

Kanal - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.04.2021
Namanganda 22 yoshli kelinning nima sababdan 5-sinf oʻquvchisini kanalga itarib yuborgani maʼlum boʻldi.
TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. Namangan viloyati Chortoq tumanida 22 yoshli kelin maktab oʻquvchisini nega kanalga itarib yuborgani sabablari aytildi. Bu haqda "Zamon" dasturida maʼlum qilindi.
Maʼlum qilinishicha, 5-sinfida oʻqiydigan M.ni amakisining xotini 2-soat darsi tugaganidan soʻng olib ketgan. U qizaloqni Katta Namangan kanaliga olib borib, oʻsha yerda suvga itarib yuborgan.
Kelin bu ishga nima sababdan qoʻl urgan boʻlishi mumkinligi borasida uning qaynonasi fikr bildirdi.
Severnыy Tashkentskiy kanal - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.04.2021
Hodisalar
Namanganda kanaldan maktab oʻquvchisining jasadi topildi: u qotillik qurboni boʻlishi mumkin
Buvining soʻzlariga koʻra, kelinlari ahil yashashgan, oralarida biror marta nizo boʻlmagan. Biroq jinoyatga qoʻl urgan kenja kelin oilada oʻgʻrilik qilgan va shu bois eri u bilan yashamayman deb turib olgan.
“Bu kelinim oʻgʻirlik qilgan. Oʻgʻlim shundan soʻng uni kechirmagan, oʻgʻrini xotin qilmayman, degan. Kenja kelinim edi. Hammasiga eri sababchi, u kelinim bilan yashamayman degandi. Lekin ovsini bilan biror marta urishmagan. Bunga oilaviy mojaro sabab boʻlgan”, - deydi kelinning qaynonasi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Namanganda kanaldan maktab oʻquvchisining jasadi topilgani va uning oʻlimida uning kelinoyisi gumon qilinayotgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala