Investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

© Press-slujba MIVTBaxtiyor Raximov naznachen zamministra investitsiy i vneshney torgovli
Baxtiyor Raximov naznachen zamministra investitsiy i vneshney torgovli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2021
Obuna bo‘lish
Rahimov Baxtiyor Abdug‘ani o‘g‘li investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari bo‘ldi.
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Rahimov Baxtiyor O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Tegishli qarorga prezident imzo chekdi.
Tayinlovga qadar Rahimov O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Davlat bojxona qo‘mitasida turli lavozimlarda ishlab kelgan.
Mujchina s portfelem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.04.2021
Davlat bojxona qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
U yangi lavozimida Eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimining samarali ishlashini ta’minlash, tarmoq va hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish, tashqi bozorlarda kompleks marketing siyosatini olib borish, shuningdek, transport-kommunikatsiya va logistika salohiyatini va xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish masalalarini muvofiqlashtirishga mas’ul bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0