Siyosat

Norboyeva va Matviyenko mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzoladi

© Sovet Federatsii RFVstrecha Valentinы Matviyenko s Predsedatelem Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Tanziloy Narbayevoy
Vstrecha Valentinы Matviyenko s Predsedatelem Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Tanziloy Narbayevoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.04.2021
Tanzila Norboyeva boshchiligida Oʻzbekiston delagatsiyasining Rossiyaga tashrifi davom etmoqda.
TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. Senat raisi Tanzila Norboyeva Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Matviyenko Oʻzbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida (YEOII) kuzatuvchi maqomini olganligini mamnuniyat bilan qarshi oldi. Ushbu tashkilot bilan oʻzaro hamkorlik Oʻzbekiston-Rossiya munosabatlariga yangicha turtki berishi taʼkidlandi.
Uchrashuv davomida ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy, ilm-fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va boshqa sohalarda hududlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.
Shu nuqtai nazardan, ikkinchi Hududlararo hamkorlik forumini oʻtkazish muhimligiga urgʻu berildi.
Valentina Matviyenko i Tanzila Narbayeva  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.04.2021
Siyosat
Gender tengligi masalalarida Oʻzbekiston Rossiyadan oʻrnak olmoqda – Norboyeva
Uchrashuvda Norboyeva yoshlar parlamentlari orqali hamkorlikni rivojlantirish, mehnat migrantlari manfaatlarini himoya qilishga koʻmaklashish boʻyicha ishlarni davom ettirish hamda vatandoshlar bilan uchrashuv davomida koʻtarilgan boshqa hal etish borasida toʻxtalib oʻtdi.
Muzokaralar yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi oʻrtasida mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala