Kolumnistlar

Shoʻngʻuvchi BOSS: Rossiya yangi suvosti kemasini eksport qiladi

© TSBK "Rubin"Nыryayuщiy patrulnыy korabl "Straj"
Nыryayuщiy patrulnыy korabl Straj - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.04.2021
Rossiya kemasozligi ilmiy va texnologik darajasi loyihalashtirish yechimlariga nostandart yondoshishga imkon beradi.
"Straj” (Qoʻriqchi) patrul kema suvosti kemasi funktsiyasiga ega boʻlgan turli davlat mutaxassislarini hayratda qoldirishi mumkin. Yangi kema BOSS (Border and Offshore Submersible Sentry) nomi bilan eksport qilinadi.
Dengiz texnikasini qurish byurosi "Rubin" yangi "Qoʻriq" patrul kemasi loyihasini taqdim etdi. Nisbatan qimmat boʻlmagan va oʻlchovlar, texnik xususiyatlari, yuqori ishonchlilik, raketa-torpedo qurollari (yoki ilmiy asbob-uskunalar) bortda joylashtiish imkoniyati, BOSS kemsini xaridorlar uchun jozibador qiladi.
Poligonnыe ispыtaniya kompleksa Poseydon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.04.2021
Kolumnistlar
Rossiyaning "Qiyomat kuni torpedalari" tashuvchisi Tinch okeaniga yoʻl oldi
“Rubin” KB – submarinlarni loyihalashtirish boʻyicha dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri va Rossiyada 120 yillik tajribaga ega boʻlgan, suvosti kemalarni (shu jumladan fuqarolik kemalar)ni ishlab chiqarish boʻyicha yetakchi kompaniya.
Tashqi koʻrinishidan BOSS 613 loyihasining dizel- elektr submarinaga oʻxshaydi - bu dunyodagi eng katta va koʻp sotiladigan kema.
Shoʻngʻiydigan kema xususiyatlari: konfiguratsiyaga qarab uzunligi 60-70 metr, ekipaj 42 kishi, suv sigʻimi 1000 tonna. Uni nazorat qilinadigan raketalar, torpeda, pilotsiz uchar apparatlar, artilleriya qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi mumkin. Qurol tizimlari, asboblar va uskunalarni tanlashda KB "Rubin" mutaxassislari sinalgan, zamonaviy, suvosti kema va samolyot seriyali namunalariga eʼtibor qaratildi.
Yangi "nautilus" patrul kemasining qaroqchilar, kontrabandachilar, brakonerlar kemalari nishoni boʻlishi mumkin. Kemadan ilmiy tadqiqotlar ishlarida ham samarali foydalanish mumkin.

NATO bosh ogʻrigʻi

Yangi kemani imkoniyatlar va vazifalarini tushunish uchun 613 loyihasiga (NATO tasnifiga muvofiq - "Whiskey") qaytish kerak. Suv osti kemasi sigʻimi 1347 tonna, uzunligi 76 metr, kengligi 6,6 metr, 200 metrgacha chuqurlikda, 18,5 uzelgacha boʻlgan tezlikda harakatlanishi mumkin. Sirt pozitsiyasining maksimal diapazoni 8500 mil (15 ming km). Asosiy qurollar: 533 mm kalibrli 6ta torpeda qurilmalari va yadro qismlari (12 ta torpeda) bilan jihozlangan boʻlishi mumkin. Avtonomiya - 30 kun. Ekipaj 52 kishi.
Forum Armiya-2020. Demonstratsionnыe poletы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.04.2021
Kolumnistlar
Rossiyaning yangi strategik raketa tashuvchisi qachon parvoz qiladi?
Besh kun ichida Sovet Floti bitta yangi suvosti kemasini qabul qildi. Yetti yil davomida (1950 - 1957) 215 dona dizel-elektr suvosti kemasi qurildi. 613-chi Sovet Ittifoqi oxirigacha sal kam 40 yil (1990 yilda Qora dengiz flotida 18 dona kema qolgan) xizmatda boʻlgan.
613-chi submarinalari - Bolgariya, Kuba, Indoneziya, Misr, Suriya, Misr, Suriya, KXDRga yetkazib berilgan. Xitoyga texnik hujjatlari taqdim etildi, Shanxay va Xankou zavodlarida 20tadan ortiq suvosti kemasi qurildi.
Albatta, yangi suvosti patrul kemasi 613 loyiha - chidamlilik, ishonchlilik va samaradorligining asosiy fazilatlarini meros qilib oldi. Qolganini BOSS 21-asrning yuqori texnologiyali namunasi - sifat jihatidan yangi, yanada kuchli qurollar, aloqa, navigatsiya va gidroakotistika vositalari bilan jihozlangan.

Salohiyat

Klassik jangovar patrullik, hududda kema va suvosti kemasini nishonga olishi mumkin. "Bayroq namoyishi" diplomatik belgisi mavjud, ammo, raketa, artilleriya yoki torpedo hujumiga tayyor. Shu sababli Rossiya Amerika kemalarining Qora, Bering yoki Yapon dengizlarida paydo boʻlishiga jiddiy javob beradi.
Mejdunarodnыe rossiysko-indiyskiye ucheniya Indra - 2017 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.03.2021
Kolumnistlar
Nima uchun Rossiya va Oʻzbekiston harbiy hamkorlikni kuchaytirmoqda
Yaqin vaqtgacha Rossiya dengiz flotida qoʻriqchi kemalar - NATO dengiz kuchlarida esa esmintslar, fregat, korvet va qirgʻoq zonasi kemalari patrullik vazifalari bilan shugʻullangan.
Kemalar va shoʻngʻuvchi BOSS kemasi oʻrtasida tenglik belgisini qoʻyish murakkab (chunki jangovar foydalanish taktikasini qoʻshishi kerak boʻladi). Yangi kemaning xususiyatlaridan kelib chiqib, “Rubin” KB gibrid suv osti kemasini yaratdi, deb aytish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala