Jamiyat

Ajrashishni kamaytirish uchun nikohdan oldin yoshlarning imomlardan dars olishi taklif qilindi

© Press-slujba xokimiyata Yunusabadskogo rayonaXokim Yunusabadskogo rayona Djaxongir Ibragimov vstretilsya s imamami mechetey rayona
Xokim Yunusabadskogo rayona Djaxongir Ibragimov vstretilsya s imamami mechetey rayona  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.04.2021
Shuningdek, axloqiy jihatdan mentalitetga toʻgʻri kelmaydigan teleserialni efirdan olib tashlash fikri oʻrtaga tashlandi.
TOSHKENT, 15 apr — Sputnik. Yunusobod tumani hokimi Jahongir Ibrahimov tumandagi masjid imomlari ishtirokida oilalarda ajrashishlarning oldini olish masalasi yuzasidan uchrashuv oʻtkazdi. B u haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Majlis davomida ajrashishlar sonini kamaytirish borasida quyidagi takliflar kiritildi:
oila qurish ostonasidagi ikkala yoshlarni ham nikohdan avval imomlar tomonidan 3 oylik oʻquv darslarida oʻqitish;
oila tushunchasini maktabdan boshlab alohida dars sifatida kiritish;
axloqiy jihatdan “mentalitetimizga toʻgʻri kelmaydigan” teleserialni efirga uzatmaslik.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020 yilda respublikada 28,2 mingta oila ajrashib ketgan. Hududlari boʻyicha eng koʻp ajrashish Toshkent shahriga toʻgʻri kelgan (3 899 ta).
Yaqinda Senatda qiz bolani barvaqt turmushga berishning oldini olish masalasi muhokama qilingan edi.
Svadebnыe koltsa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.02.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda nikohga kirish muddatini uzaytirish taklif etilmoqda
8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkillashtirilgan bayram tadbirida soʻzlagan nutqida prezident Shavkat Mirziyoyev bu muammoga alohida toʻxtatib oʻtgan edi. Yoshlarni turmush qurishga, oilaga, farzand taqdiriga nihoyatda chuqur masʼuliyat bilan qarashga chaqirgan edi.
“Bu masalaga yuzaki yondashib, ham oʻzingiz, ham oʻzga bir inson hayotini xavf ostiga qoʻymang. Men bu borada koʻpni koʻrgan mahalla faollari, muhtaram faxriylarimiz, kayvonilar, maʼnaviyatimiz va dinimiz fidoyilari, oʻz tengdoshlariga ibrat boʻlib kelayotgan yoshlarimiz bir yoqadan bosh chiqarib harakat qiladilar, deb ishonaman", - deya taʼkidlagan edi u.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala