Siyosat

Keyingi yilda MDH PA majlisi Oʻzbekistonda oʻtkaziladi

© MPA SNGFlagi stran SNG
Flagi stran SNG - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.04.2021
2022 yilda MDH Parlamentlararo Assambleyasi kengashi majlisi Oʻzbekistonda oʻtkaziladi.
TOSHKENT, 16 apr — Sputnik. 2022 yil noyabrda MDH Parlamentlararo Assambleyasi kengashi majlisi Oʻzbekistonda oʻtkaziladi.
13-16 aprel kunlari RFga tashrifi doirasida Oʻzbekiston parlamenti yuqori palatasi rahbari Tanzila Norboyeva MDHga aʼzo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasi Kengashining majlisida ishtirok etdi.
Predsedatel GD vstretilsya s Predsedatelem Senata Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.04.2021
Siyosat
Saylovlar, rus tili, migrantlar: Norboyeva va Volodin qaysi mavzularni muhokama qildi
Kengash aʼzolari 2021 yil 27-28 may kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan IX Neva xalqaro ekologik kongressi va 2021 yil 13-15 oktyabr kunlari boʻlib oʻtadigan uchinchi Yevroosiyo ayollar forumiga tayyorgarlikning borishini muhokama qildi. Parlament aʼzolari yanvar oyida boʻlib oʻtgan saylov kampaniyalarini kuzatish natijalarini va boshqa qator masalalarni ham koʻrib chiqdi.
MDHning yubiley sammitini Minskda oʻtkazish rejalashtirilgani taʼkidlandi. 2022 yil noyabrda MDH PA majlisini Oʻzbekistonda oʻtkazishga kelishib olindi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala