Koronavirus antirekordlari: kunlik holatlar sal kam 300, bir kishi vafot etdi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishVrach v palate gospitalya dlya bolnix COVID-19
Vrach v palate gospitalya dlya bolnix COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 292 kishida koronavirus aniqlandi, respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 86 022 nafarni tashkil qilmoqda.
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Yana 292 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 86 022 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi holatlar: Andijon viloyatida (2), Buxoro viloyatida (7), Jizzax viloyatida (2), Qashqadaryo viloyatida (2), Namangan viloyatida (3), Samarqand viloyatida (21), Sirdaryo viloyatida (3), Surxondaryo viloyatida (5), Farg‘ona viloyatida (2), Xorazm viloyatida (2), Toshkent viloyatida (37), Toshkent shahrida (206) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 83 649 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foiz.
Vaksinatsiya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2021
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 300 mingdan oshdi
Ayni paytda 1738 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Emlash ko‘rsatkichi

Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 335 610 nafarga yetdi.

O‘lim holatlari

1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 635 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 138,9 milliondan oshdi, 2,9 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (31,5 mln), Hindistonda (14,0 mln), Braziliyada (13,7 mln).
Yangiliklar lentasi
0