Jamiyat

Oʻzbekistonda prezident maktablari soni yana 10taga koʻpayadi

© Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligiPrezident maktabi direktori Toʻraboy Shermatov
Prezident maktabi direktori Toʻraboy Shermatov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.04.2021
Ushbu yangi ochilayotgan prezident maktablariga hamda ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga malakali pedagoglarni jalb etish maqsadida job.piima.uz sayti yaratildi.
TOSHKENT, 17 apr - Sputnik. Oʻzbekiston viloyatlari boʻylab yana 10 ta Prezident maktablari qurilmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova Sputnik Oʻzbekiston muxbiri bilan intervyu davomida maʼlum qildi.
Nashe schastye: Shavkat Mirziyoyev poobщalsya s detmi Prezidentskoy shkolы v Xive - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.03.2020
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev Xivada Prezident maktabi oʻquvchilari bilan uchrashdi
Ushbu yangi ochilayotgan prezident maktablariga hamda ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga malakali pedagoglarni jalb etish maqsadida job.piima.uz sayti yaratilgan va 16 aprel kuni sayt taqdimoti boʻlib oʻtgan.
Ushbu sayt orqali oʻqituvchilar Agentlik tizimidagi maktablardagi boʻsh ish oʻrinlari haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻlishlari hamda mavjud vakant boʻyicha ishga hujjat topshirishlari mumkin.
Agentlik axborot xizmati raxbari Dilfuza Sobirovaning maʼlumot berishicha, ayni vaqtda saytda boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishish va ishga kirish uchun elektron anketa toʻldirish imkoniyatlari yoʻlga qoʻyilgan.
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligiga malakali pedagog xodimlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilgʻor va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yoʻli bilan tizimda kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish vazifasi yuklatilgan.
Glava Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 10 sentyabrya posetil prezidentskuyu shkolu v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.09.2019
Jamiyat
Prezident maktabiga eng koʻp Sergeli maktablari oʻquvchilari kirgan - vazir
Ushbu vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
Job.piima.uz saytiga tashrif buyuruvchilar hozirda faoliyat yuritayotgan prezident, ijod va ixtisoslashtirligan maktablardagi boʻsh ish oʻrinlari hamda viloyatlarda yangi ochiladigan prezident maktablariga ishga qabul qilishning bosqichlarida ishtirok etishlari mumkin.
Ushbu sayt yordamida Oʻzbekiston aholisi prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablardagi boʻsh ish oʻrinlar va lavozimga qoʻyiladigan talablar bilan tanishishlari, anketani saytning oʻzida toʻldirishlari va filtratsiyadan oʻtgach, talabgorlarga sms-xabarnoma yuborilishi ham yoʻlga qoʻyilgan.
Ushbu veb-saytni ishga tushirish orqali prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga xodimlarni toʻgʻri tanlash va ishga olishda hamda talabnoma beruvchilar oʻrtasidagi tanlovda shaffoflikni taʼminlash birinchi oʻringa qoʻyilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala