Hodisalar

Toshkent viloyatida sotuvchidan "abonent toʻlovi" talab qilgan ayollarga jinoyat ishi ochildi

© Press-slujba Sledstvennogo departamenta MVD UzbekistanaNa rыnke Kuylyuk pravooxraniteli zaderjali karmannika
Na rыnke Kuylyuk pravooxraniteli zaderjali karmannika - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.04.2021
Jinoyat ishi doirasida jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanib, uni qoplash choralari koʻriladi.
TOSHKENT, 17 apr — Sputnik. Toshkent viloyatida joylashgan “Bek-baraka” bozorida sotuvchidan kunlik toʻlov talab qilgan ayollarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, deb xabar bermoqda Tergov qoʻmitasi axborot-xizmati.
Hodisa aprel oyi boshlarida roʻy bergan. Nigina va Nargiza ismli ikki ayol Zangiota tumanida joylashgan "Bek-baraka" nomli savdo majmuasida kiyim-kechak ulgurji savdosi bilan shugʻullanayotgan Safaroy ismli ayolning qoʻlbola usulda yasalgan savdo rastalarini uloqtirib, kiyim-kechaklarni ochiqdan-ochiq talon-taroj qilib ketib qolishgan.
Rossiyskiye rubli v rukax u jenщinы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.08.2020
Hodisalar
Fargʻonada 4,5 milliard kreditni oʻzlashtirib olgan talonchilar ushlandi
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ikkala ayol ham "Bek-baraka" bozorida savdo ishlari bilan shugʻullanishlari, Safaroyni savdo qilayotgan joyi ularga “tegishli” ekanligini, undan savdo joyi uchun kunlik pul berishini talab qilib, savdo qilishiga muntazam ravishda toʻsqinlik qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan I.Negina va YU.Nargizalarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Jinoyat ishi doirasida jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanib, uni qoplash choralari koʻriladi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala