Rossiya

Rossiya TIV Chexiyaga norozilik bildirdi

© Sputnik / Anton DenisovZdaniye Ministerstva inostrannыx del RF na Smolenskoy-Sennoy ploщadi v Moskve
Zdaniye Ministerstva inostrannыx del RF na Smolenskoy-Sennoy ploщadi v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.04.2021
17 aprel kuni Chexiya 18 nafar rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborishini eʼlon qildi.
TOSHKENT, 18 apr — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi 18 nafar rossiyalik diplomatlar persona non grata deb eʼlon qilingandan soʻng Chexiyaga qatʼiy norozilik bildirdi. Bu haqda mamlakat tashqi siyosiy idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlik Chexiya hukumati oʻzining “misli koʻrilmagan qarorini” Rossiya maxsus xizmati 2014 yilgi Vrbetitse aholi punktidagi harbiy ombordagi portlashga goʻyoki aloqadorligi bilan asoslaganini koʻrsatib, ilgari Praga portlash uchun aybni bu omborlarga egalik qilgan firmalar zimmasiga yuklaganini eslatgan.
Rossiya TIV bu qadamni soʻnggi yillarda Chexiya tomonidan qabul qilingan Rossiyaga qarshi aktsiyalarning davomi deb baholagan.
“Shuningdek, amerika izini koʻrmaslik mumkin emas. Rossiyaga nisbatan yaqindagi amerika sanktsiyalari fonida AQShga yoqish ishtiyoqida Chexiya hukumati bu borada hatto oʻzlarining okean ortidagi xoʻjayinlaridan oshib tushishdi”, - deyilgan bayonotda.
Flag SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.04.2021
Dunyoda
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalar kiritdi
Aniqlik kiritilishicha, Praganing xatti-harakatlari javobsiz qolmaydi.
“Chexiya hukumatiga qatʼiy norozilik bildiramiz. Bu igʻvo mualliflarining mamlakatlarimiz oʻrtasidagi normal munosabatlar rivojlanishi asosi buzilishi uchun toʻliq javobgarlikni anglashga majbur qiladigan javob choralarini qabul qilamiz”, - deyilgan Rossiya TIV xabarida.
17 aprel kuni Chexiya 18 nafar rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborishini eʼlon qildi. Mamlakat hukumati oʻz qarorini ular goʻyoki Rossiya maxsus xizmati xodimlari deb topilgani bilan tushuntirgan. Shu bilan birga buning biror bir dalilini keltirmagan.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Praga shunga oʻxshash fokuslar ortidan qanday oqibatlar kelib chiqishidan yaxshi boxabarligini bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala