Jamiyat

Toshkent viloyatida birdaniga 10 dan ziyod maktab karantinga olindi

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchintsev / Fotobankka oʻtishPustoy klass v shkole
Pustoy klass v shkole - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Mazkur maktablarning 30 nafar oʻquvchilari hamda 25 nafar oʻqituvchilarda koronavirus aniqlangan.
TOSHKENT, 20 apr — Sputnik. Toshkent viloyatidagi 14 ta maktab va 15 ta sinf karantinga olindi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Oʻrta Chirchiq tumanidagi 3, 54-sonli maktablar, Boʻka tumanidagi 2-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi, Chirchiq shahridagi 8, 9-sonli, Piskent tumanidagi 36-sonli, Parkent tumanidagi 22,51-sonli, Toshkent tumanidagi 9,12,17,18-sonli hamda Olmaliq shahridagi 17-maktab, Nurafshon shahridagi 1-sonli maktablar oʻqish jarayonlarini toʻliq onlayn olib borishyapti.
Shuningdek, Oʻrta Chirchiq tumanidagi 50-sonli umumtaʼlim maktabining 3 ta sinfi, Boʻka tumanining 6-maktabning 8 ta sinfi va 15-maktabning ham 1 ta sinf, Zangiota tumanidagi 34 sonli umumtaʼlim maktabining 3 ta sinflari onlayn rejimiga oʻtkazilgan.
Podrostok za kompyuterom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Jamiyat
Koronavirus aniqlangan 3ta OTM onlayn taʼlimga oʻtdi
Mazkur maktablarning 30 nafar oʻquvchilari hamda 25 nafar oʻqituvchilarda koronavirus aniqlangan.
Eslatib oʻtamiz, maxsus komissiya yigʻilishida Abdulla Aripov koronavirus 11-15 foiz holatda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida qayd etilayotganini maʼlum qilgan edi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyev taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, 14 yoshgacha boʻlgan bolalar mamlakatda koronavirus bilan kasallanayotganlarning oʻrtacha 13-15 foizini tashkil etadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala