Rossiya

Putinning Federatsiya kengashiga murojaati - asosiy tezislar

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin
Prezident RF V. Putin  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.04.2021
Konstitutsiyaga muvofiq, davlat rahbari har yili anʼanaviy tarzda mamlakatdagi vaziyat va ichki hamda tashqi siyosatning asosiy yoʻnalishlari haqida Federal kengashga murojaat yoʻllaydi.
TOSHKENT, 21 apr – Sputnik. Bugun, 21 aprel kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin 17-bor Federal kengashga murojaat yoʻllamoqda.
Joriy yilda tadbir "Manej" markaziy koʻrgazma zalida boʻlib oʻtmoqda.
Konstitutsiyaga muvofiq, davlat rahbari har yili anʼanaviy tarzda mamlakatdagi vaziyat va ichki hamda tashqi siyosatning asosiy yoʻnalishlari haqida Federal kengashga murojaat yoʻllaydi.
Prezident RF V. Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.04.2021
Rossiya
Vladimir Putin bugun Federal kengashga murojaat yoʻllaydi
Putin oʻz chiqishi avvalida murojaat asosan ichki masalalarga: sogʻliqni saqlash, ijtimoiy siyosat, iqtisod, shuningdek, tashqi siyosat va xavfsizlik masalalariga bagʻishlanishini maʼlum qildi.

Pandemiya va vaktsinatsiya masalalari

Putin oʻz murojaatini oʻtgan yilda roʻy bergan voqealar bilan boshladi, xususan, u butun dunyo pandemiya bilan toʻqnash kelganini qayd etdi.
Putin Rossiya xalqiga pandemiya vaqtidagi mashaqqatli mehnati va uni yengib oʻtishdagi ulkan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.
V Kazaxstane nachalos proizvodstvo vaktsinы Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.04.2021
Iqtisod
Oʻzbekistonda "Sputnik V" ishlab chiqarish uchun maydoncha qidirilmoqda
"Qisqa chora-tadbirlar roʻyxati ortida Rossiya Federatsiyasining barcha regionlarida millionlab odamlarning ulkan mehnati turibdi. Buning uchun barchangizga minnatdorlik bildirmoqchiman. Barcha tezlikda, samarali va vijdonan mehnat qildi", - deya qayd etdi Putin.
Rossiya yetakchisining fikricha, koronavirus hali batamom yengib oʻtilmagan, u hamon tahdidligicha qolmoqda. Infektsiya chetdan kirib kelib, tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik uchun barcha chegaralarni qatʼiy nazoratda ushlash kerak. Vaktsinatsiya masalasiga toʻxtalar ekan, Putin ushbu jarayon tez kunlarda yanada kengroq tus olishini aytib, rosiyaliklarning barchasini emlanishga chorladi.
"Boshqa yoʻli yoʻq", - dedi u.

Demografiya masalasi

Rossiyada demografiya sohasida favqulodda holat yuzaga kelgan.
Aholi soni barqaror oshishi holatiga qaytish va 2030 yilga borib oʻrtacha umr davomiyligini 78 yoshga chiqarish lozim, deb aytgan prezident.
Xususan, hukumat oʻlim yuzaga kelishining asosiy sabablaridan biri boʻlgan kasalliklarning oldini olish boʻyicha, jumladan yurak-qon tomir kasalliklari boʻyicha qoʻshimcha choralarni hayotga tatbiq etishi lozim.
 Rыbak na naberejnoy Alushtы posle otmenы rejima samoizolyatsii v Krыmu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.05.2020
Foto
Karantindan soʻng rossiyaliklar avvalgi hayot tarziga qaytmoqda - foto
Birinchi iyul sanasidan barcha yoshdagi rossiyaliklar uchun dispanserizatsiya va profkoʻrik dasturini ishga tushirish kerak.
Shuningdek, Rossiya boʻylab turistik sayohatlar uchun keshbek dasturini yil oxiriga qadar uzaytirish lozim. Farzandlarini yozgi oromgohlarga yuboradigan ota-onalarga yoʻllanma narxining yarmini qoplab berish kerak. Talaba ttsrizmi tizimini tashkil etish lozim.
Putin oila masalasiga alohida toʻxtaldi.
Rossiya rahbarining taʼkidlashicha, toʻliqsiz oilada farzandni tarbiyalash juda ogʻir. U jamiyatning shunday yacheykalarini alohida qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi.
Den semi, lyubvi i vernosti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.02.2020
Jamiyat
Chinakam oila – bu ota va ona: oʻzbekistonliklar Putin pozitsiyasini qoʻllab-quvvatlaydi
Putin hukumatga farzandlari bor oilalarda qashshoqlik darajasini kamaytirish uchun kompleks dasturni tayyorlash vazifasini berdi.
Alimentlar masalasida alohida toʻxtalindi. Qoʻlida farzandi bor ona sarson boʻlmasligi kerak, bu jarayon masofadan turib, jabr chekkan tomon manfaatini koʻzlagan holda hal etilishi, davlat bola huquqlarini himoyalashi kerak, dedi prezident.

Ilmiy salohiyat va ekologiya

Vladimir Putin Rossiyada 2021 yil Ilm-fan yili, deb eʼlon qilinganini eslatib oʻtdi. Putinning aytishicha, Rossiya ilmiy maqsadlarga trillion rubldan ortiq mablagʻni yoʻnaltiradi.
Rossiya vaktsinalar va dori-darmon ishlab chiqarishning toʻliq tsikliga ega boʻlmogʻi lozim, dedi u.
Prezident RF V. Putin  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.04.2021
Rossiya
Putin iqlim masalalari boʻyicha sammitda ishtirok etadi - uni Bayden taklif qildi
Putin muhim ilmiy loyihalar haqida gapirdi. Birinchidan kuchli sanitar qalqon kerak. Rossiya xavfli kasalliklar paydo boʻlgan taqdirda 2030 yilga kelib toʻrt kun davomida infektsiyalarga qarshi test-tizimlarni ishlab chiqishga tayyor boʻlishi kerak. Ikkinchidan, energetikani rivojlantirishning yangi kompleks yondashuvlarini yaratish kerak.
Uchinchidan, iqlim masalalariga eʼtiborni kuchaytirish juda muhim. Bugʻ gazlari chiqarib yuborilishi YEIga nisbatan pastroq boʻlishi kerak, dedi Putin.
Davlat OTMlarida yana 45 mingta byudjet oʻrinlari paydo boʻladi, ulardan kamida 70 foizi regionlar uchun ajratiladi.
Putinning taʼkidlashicha, yangi energetika, farmatsevtika va klimatik oʻzgarishlar mamlakat sanoatini modernizatsiya qilish uchun lokomotivga aylanishi muqarrar.
Markaziy vazifa - rossiyaliklar hayot tarzi sifatini koʻtarish ekan, yuqoridagi uchta maqsad butun mamlakatni modernizatsiyalashga stimul boʻla oladi, deb hisoblaydi Rossiya yetakchisi.

Xalqaro kun tartibi va qurol aslaha

Putin barcha cheklovlar epidemik holat shunga yoʻl qoʻyishi bilan bekor qilinishini aytdi.
Putin rossiyaliklar uchun tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash zarurati haqida gapirdi.
Putinning soʻzlariga koʻra, boshqa davlatlar oʻzini katta olib, muloqot qilishni istamasa, Rossiya baribir oʻz manfaatlarini himoya qilish imkonini topadi.
Prezident Rossii Vladimir Putin provodit yejegodnuyu press-konferentsiyu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.12.2020
Siyosat
Bunaqasi dunyoda hech kimda yoʻq - Putin yangi qurol haqida
Dunyoda boshqalarga oʻz irodasini xiralik bilan yopishtirish amaliyoti boshqacha koʻrinish olmoqda. Bugungi kunda prezidentni oʻldirishgacha boʻlgan misli koʻrilmagan hatti-harakatlar va Belarusda toʻntarish uyushtirish singari holatlar kollektiv Gʻarbda qoralanmayapti, hatto.
Ish Belarusda toʻntarish uyushtirishgacha bordi, hech kim qancha odam jabr chekishi haqida oʻylamadi, oʻz vaqtida Ukraina haqida oʻylamagandek.
Shu bilan birga yangicha sport turi paydo boʻldi: Rossiyaga ilmoqli gaplar qilish, u haqida kim yanada balandroq ovozda nimadir deyishi borasida kimoʻzarlar tashkil qilish. Putinning aytishicha, Rossiya atrofida bugun Sher-xon atrofida kabi koʻplab shoqollar toʻplangan. Istalgan provokatsiyalar tashkilotchilari shunday pushaymon boʻlishadiki, shu paytgacha ular bunday afsuslanish nimaligini bilshmagan hatto", - dedi Putin.
Oʻylaymanki, RF bilan munosabatlarda "qizil chiziq"ni kesib oʻtish hech kimning xayoliga kelmaydi, aks holda Rossiya javobi assmetrik, tezkor va oʻta keskin boʻladi, dedi Putin.
Ispыtaniye novoy ballisticheskoy raketы Sarmat - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2019
Dunyoda
Rossiya “Sarmat” ballistik raketa xususiyatlarini ochiqladi
Prezident Rossiya oʻz armiyasi harbiy texnikasini, jumladan yadroviy qurollarini yangilayotganini eslatib oʻtdi.
"Avangard" va "Peresvet" allaqachon qurollar safida. "Kinjal", "Kalibr" va "Tsirkon" raketalari bilan qoʻshimcha tarzda qurollantirish davom etmoqda. Hozirda "Burevestnik" va "Poseydon" ustida ishlar olib borilmoqda, dedi Putin.
Zamonaviy harbiy komplekslar ustidan ish reja asosida bormoqda. Xususan, 2024 yilda qoʻshinlarda zamonaviy texnika ulushi 76%ni tashkil etadi.
Rossiya yadroviy triadasida joriy yilda zamonaviy qurol-aslaha ulushi 88 %ni tashkil qiladi. Ogʻir kontinentlararo "Sarmat" raketasi 2022 yilda qurollar safiga qabul qilinadi.
Repetitsiya parada ko Dnyu VMF v gorodax Rossii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.03.2021
Kolumnistlar
“Tsirkon” raketasi Rossiya qirgʻoqlaridan gʻarb kemalarini haydab yubordi
Putin yangi xavfsizlik tizimini tashkil etish zarurligi haqida toʻxtaldi.
Prezident "yadroviy beshlik" davlatlarining alohida oʻrnini qayd etib, BMT XK doimiy aʼzolarining uchrashuvini yana tashkil etish zaruratini aytdi.
Rossiya hamisha strategik va global stabillik masalasini muhokama qilish va urushsiz hayot muhitini yaratish takliflarini ilgari surgan va ilgari suradi, deya qayd etgan Putin.
Putinning Federal kengashga murojaati 1 soatu 19 daqiqa davom etdi.
Murojaat yakunida Putin hukumatga iyul oyiga qadar Rossiyaning milliy rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish boʻyicha choralarni taqdim etishni soʻradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala