Iqtisod

Oʻzbekiston hukumati ichki bozorlarda oʻsimlik yogʻi narxi keskin oshishining oldini oladi

© Sputnik / Sergey Venyavskiy / Fotobankka oʻtishProizvodstvo rastitelnogo masla
Proizvodstvo rastitelnogo masla  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.04.2021
TOSHKENT, 24 apr - Sputnik. Senatning oʻn toʻrtinchi yalpi majlisida “Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qonun maʼqullandi.
Pokupatelnitsa v maske i perchatkax v produktovom magazine - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.04.2021
Iqtisod
MB oʻzbekistonliklarni ayrim oziq-ovqat narxlari sezilarli oʻsishi ehtimolidan ogohlantirdi
Mamlakat ichki bozorlarida oʻsimlik yogʻi narxi keskin oshishining oldini olish maqsadida mazkur Qonun bilan Soliq kodeksiga oʻzgartish kiritilishi nazarda tutilmoqda, deyiladi Huquqiy axborot kanalida eʼlon qilingan xabarda.
Unga koʻra, 2021 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar:
- Oʻzbekiston hududiga oʻsimlik yogʻi, kungaboqar va zigʻir urugʻi, shuningdek, soya danagini olib kirish;
- oʻsimlik yogʻini ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish boʻyicha mablagʻlar aylanmasi qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinmoqda.
- 2021 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar boʻlgan davrda kungaboqar va paxta urugʻlari, kungaboqar yogʻi va paxta yogʻi mahsulotlariga nisbatan mazkur Qonun bilan eksport boji joriy etilmoqda.
Mazkur Qonunning maʼqullanishi orqali moyli ekinlar ekilishi ustidan ham qatʼiy monitoring oʻrnatilishi kutilmoqda.
Maʼqullangan qonun prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda eʼlon qilingach rasmiy kuchga ega boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala