Dunyoda

Pashinyan Armaniston bosh vaziri lavozimidan isteʼfoga chiqdi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishPremyer-ministr Armenii Nikol Pashinyan
Premyer-ministr Armenii Nikol Pashinyan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.04.2021
Avvalroq Armaniston bosh vaziri mamlakatda navbatdan tashqari saylovlar boʻlib oʻtishi uchun isteʼfoga chiqishini maʼlum qilgan edi.
TOSHKENT, 25 apr — Sputnik. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan respublikada navbatdan tashqari parlament saylovlari oʻtkazilishi uchun isteʼfoga chiqdi. Bu haqda siyosatchi Facebook᾽da efirga uzatilgan murojaatida maʼlum qildi.
“Prezident va siyosiy kuchlar bilan kelishuvga koʻra, bugun men 20 iyun kuni navbatdan tashqari parlament saylovlari oʻtkazilishi uchun isteʼfoga chiqaman”, - dedi u .
Shu bilan birga, Pashinyan bosh vazir vazifasini bajaruvchi maqomiga qaramasdan, hukumat rahbari vakolatlarini toʻliq bajarishini taʼkidladi.
Premyer-ministr Armenii Nikol Pashinyan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.02.2021
Dunyoda
Armaniston Qurolli kuchlari Pashinyan isteʼfosini talab qildi
“Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq, men navbatdan tashqari parlament saylovlari oʻtkazilishiga qadar bosh vazir vazifasini toʻliq bajaraman”, - deya qoʻshimcha qildi Pashinyan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan aprel oyida ketish uchun emas, balki navbatdan tashqari saylovlar boʻlib oʻtishi uchun isteʼfoga chiqishini maʼlum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala