Iqtisod

Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida 29 ta yangi hamkorlik shartnomasi koʻrib chiqilmoqda

© Press-slujba predsedatelya Sogdiyskoy oblasti TadjikistanaAbdulla Aripov provel peregovorы s premyer-ministrom Tadjikistana Koxirom Rasulzoda.
Abdulla Aripov provel peregovorы s premyer-ministrom Tadjikistana Koxirom Rasulzoda.  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.04.2021
Abdulla Aripov Xoʻjand shahrida Tojikiston bosh vaziri Kohir Rasulzoda bilan muzokaralar oʻtkazdi.
TOSHKENT, 26 apr — Sputnik. Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 24 aprel kuni Tojikistonga tashrif buyurdi. Bu haqda Tojikistonning Soʻgʻd viloyati raisi matbuot xizmati xabar berdi.
Xoʻjand shahrida Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda oʻzbekistonlik hamkasbi Abdulla Aripov bilan muzokaralar oʻtkazgan.
© Press-slujba predsedatelya Sogdiyskoy oblasti TadjikistanaAbdulla Aripov provel peregovorы s premyer-ministrom Tadjikistana Koxirom Rasulzoda.
Abdulla Aripov provel peregovorы s premyer-ministrom Tadjikistana Koxirom Rasulzoda.  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.04.2021
Abdulla Aripov provel peregovorы s premyer-ministrom Tadjikistana Koxirom Rasulzoda.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning muhim yoʻnalishlari, jumladan, siyosat, savdo va iqtisodiyot, investitsiyalar, sanoat, taʼlim va fan, madaniyat, eksport va import, sogʻliqni saqlash, temir yoʻl, bojxona, energetika va boshqa sohalar muhokama qilingan.
Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston Tojikistonning yetakchi iqtisodiy hamkorlaridan biri: ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2020 yilda 333,8 million dollarni tashkil etgan. Oʻzbekiston Tojikiston bilan tovar ayirboshlovchi davlatlar reytingida uchinchi oʻrinda.
Stroitelstvo BAMa-2 v Amurskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.04.2021
Jamiyat
Oʻzbekiston va Tojikiston yangi temir yoʻl qurilishini muhokama qildi
Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish, Tojikistonning erkin iqtisodiy zonalarida ishlab chiqarish korxonalari va tsexlar qurish va turli obʼyektlar barpo etish zarurligi taʼkidlangan.
“Tojikiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish yoʻnalishida 29 ta yangi kelishuv va hamkorlik shartnomalari koʻrib chiqilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Vakolatli idoralarga Tojikiston bilan Oʻzbekiston oʻrtasida foydalanilmagan imkoniyatlarni amalga oshirish yuzasidan qisqa muddatda tezkor choralar koʻrish topshirilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov tojikistonlik hamkasbi Koxir Rasulzoda bilan Xoʻjandda uchrashishi xabar qilingan edi. Bosh vazirlarning Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilishi ham rejalashtirilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala