Jamiyat

Samarqand shahridagi barcha maktab va bogʻchalar karantinga yopiladi

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchintsev / Fotobankka oʻtishShkola na karantine
Shkola na karantine - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.04.2021
TOSHKENT, 26 apr — Sputnik. Samarqand shahridagi barcha maktab va bogʻchalarda 27 apreldan boshlab onlayn taʼlim berish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Taʼkidlanishicha, Samarqand shahridagi maktabgacha taʼlim muassasalari hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablarida koronavirus yuqtirib olish holatlari keyingi kunlarda bir necha barobarga koʻpaygan.
Shu bois shahar hokimligi huzuridagi epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasining qarori bilan shahardagi barcha maktab va maktabgacha taʼlim muassasalarida 14 kunlik karantin joriy etildi.
Pustoy klass v shkole - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Jamiyat
Toshkent viloyatida birdaniga 10 dan ziyod maktab karantinga olindi
27 apreldan boshlab oʻquvchilarga onlayn taʼlim berish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Samarqand viloyatida koronavirus bilan kasallanganlar soni ortyapti
Hokimlik muassasalarga kirib-chiquvchilar orasida karantin davrida koronavirusni yuqtirib olish holatlari kuzatilmasa, taʼlim berish tizimi anʼanaviy yoʻlga qoʻyilishini qoʻshimcha qilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala