Siyosat

Rossiya Oʻzbekistonni ODKB tadbirlariga taklif qilmoqchi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishGosudarstvennыe flagi stran-uchastnits ODKB
Gosudarstvennыe flagi stran-uchastnits ODKB - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2021
Rossiya Oʻzbekistonni ODKB shafeligi ostida oʻtkaziladigan tadbirlarga taklif qilmoqchi.
TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Rossiya doʻst davlatlarni - Oʻzbekiston, Serbiya va Moʻgʻulistonni KXSHT oʻz tadbirlariga jalb qilishni taklif qildi. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Dushanbeda boʻlib oʻtgan KXSHTga aʼzo davlatlarning harbiy idoralari rahbarlarining yigʻilishida bunday tashabbus bilan chiqdi.
"Vazir tashkilotning ishchi organlari orqali buning uchun zarur boʻlgan qonunchilik bazasini shakllantirishni boshlashni taklif qildi", - dedi Rossiya mudofaa vaziri oʻrinbosari Aleksandr Fomin.
Shoyguning soʻzlariga koʻra, Rossiya mamlakat Qurolli Kuchlarining har yili oʻtkaziladigan strategik mashqlariga boshqa davlatlardan, birinchi navbatda, KXSHT, SHHT va MDHdan boʻlinmalar va kuzatuvchilarni jalb qilish amaliyotini davom ettiradi.
Masalan, bu yil “Gʻarb” strategik harbiy mashqlari oʻtkaziladi.
Ministr oboronы RF Sergey Shoygu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2021
Dunyoda
Afgʻonistondagi vaziyat tanazzulga yuz tutmoqda - Shoygu
SHHT bilan xavfsizlik sohasida qoʻshma ishlarni kuchaytirish ham muhim, dedi Fomin.
"Ijobiy tajriba, dedi Rossiya mudofaa vaziri yigʻilishda, allaqachon mavjud - bu oʻtgan yil sentyabr oyida boʻlib oʻtgan KXSHT, MDH va SHHT formatidagi Mudofaa vazirlarining qoʻshma yigʻilishi", - deb qoʻshimcha qildi Mudofaa vaziri oʻrinbosari.
Shoygu bu yoʻnalishlarni amalga oshirish "KXSHT hududida tinchlik va barqarorlikni saqlashga" xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
"Iyun oyida Xalqaro xavfsizlik boʻyicha toʻqqizinchi Moskva konferentsiyasini oʻtkazamiz. Rossiya mudofaa vaziri bu xalqaro platformada jamoaviy xavfsizlikni taʼminlashga yondashuvlarimizning umumiyligini namoyish qilishni taklif qildi", - deya xulosa qildi Fomin.
Uning taʼkidlashicha, KXSHT boʻyicha hamkasblarga "tashkilotning harbiy qismini rivojlantirishga" eʼtibor qaratish tavsiya qilindi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala