Kolumnistlar

“Bu “Javelin”lardan jiddiyroq”: AQSH Ukrainaga yangi qurol beradi

© Foto : Minnesota National Guard / Sgt. 1st Class Ben HoutkooperAmerikanskiy voyennыy proizvodit vыstrel iz protivotankovogo raketnogo kompleksa (PTRK) Javelin
Amerikanskiy voyennыy proizvodit vыstrel iz protivotankovogo raketnogo kompleksa (PTRK) Javelin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.04.2021
TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. Kemalarga qarshi raketalar, havo hujumiga qarshi mudofaa va yana koʻproq “Javelin” majmualari – amerikaliklar Ukrainaga uchar qurollar yetkazib berishning yangi rejasini ishlab chiqishmoqda. Gʻarb OAVlarining taʼkidlashicha, bu Kiyev va Moskvaning toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy toʻqnashuvi boʻlgan taqdirda zarur. Rossiya Mudofaa vazirligi mashgʻulotlar yakunlangandan soʻng qoʻshinlarni olib ketish toʻgʻrisida eʼlon qilganiga qaramay, Pentagon mintaqani yanada militarizatsiya qilish imkoniyatidan voz kechishi dargumon.
Harbiycha “xalyava”
NATO yetarlicha aniq tushuntirib qoʻydiki, Ukraina uchun Rossiya bilan jang qilmoqchi emas va Donbassga askar joʻnatmaydi. Ammo Gʻarb Kiyevni moddiy-texnik qoʻllab-quvvatlashdan voz kechmaydi.
Alyansning josus samolyotlari uchuvchisiz uchar qurilmaslari har kuni Qora dengiz osmonida va toʻqnashuv chizigʻida girdikapalak boʻlib, Ukraina bosh shtabiga axborot yetkazib turibdi. DNR va LNR razvedkasi hamisha Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) okoplarda chet el harbiy mutaxassislarini koʻradi. Kiyevga muntazam maxfiy yuk ortilgan NATOning harbiy-transport samolyotlari qoʻnib turadi.
NATO samolyotlari Rossiya chegaralariga tez-tez yaqinlashmoqda
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Video
NATO "josuslari" Rossiya chegaralari yaqinida. Ularga Kamchatka va Donbass nima uchun kerak
Aprel oxirida esa AQSH Senatining tashqi ishlar boʻyicha qoʻmitasi “Ukraina bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik toʻgʻrisida”gi ikki partiyali qonun loyihasini qabul qildi. Unga muvofiq Kiyevga harbiy yordam 300 million dollargacha koʻpaytiriladi. Ukrainaning Vashingtondagi elchisi Oksana Markarovaning ijtimoiy tarmoqda maʼlum qilishicha, bu pullarga uchar qurollar xarid qilishadi.
“The Wall Street Journal” nashri Pentagon Ukrainaga havo hujumiga qarshi vositalar, kemaga va tankka qarshi raketalar, tezkor-taktik zarba beruvchi majmualar taqdim etmoqchi ekanini taʼkidladi.
Koʻrinib turibdiki, eng murakkab qurollarni gʻarb mutaxassislari yoyadi va sozlaydi – ukrainalik harbiy bunga hozircha tayyorlanmayapti. Demak, alyansning kichik qismi ehtimoliy qurolli toʻqnashuvda Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan qatnashadi.
Kiyev hukumati bepul narsaning hidini olib, zudlik bilan yana talab qilishga kirishishdi. Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Reyter agentligiga bergan intervyusida AQSH davlat kotibi Entoni Blinkendan radioelektron kurashning zamonaviy vositalari bilan taʼminlashda koʻmak soʻraganini tan oldi. Uning soʻzlariga koʻra, bu UQKga “Rossiyaning ukrain kommunikatsiyalarini bloklash qobiliyatiga qarshi turish” uchun zarur.
Qolaversa, koʻplab mutaxassislarning ishonchi komilki, Donbassda Gʻarbning REB majmualari allaqachon yoyilmoqda. Aleksey Leonkov aynan ularni shoshilinch yuk tashish samolyotlari bilan Kiyevga tashishmoqda deb hisoblaydi. Bu tan olinmagan respublikaning xalq militsiyasining OBSE missiyasi dronlari tez-tez havoga koʻtarila olmayotgani haqidagi yaqinda xabar qilgan maʼlumotlarini bilvosita tasdiqlaydi – boshqarish signali ukrain tomonidan oʻchirilyapti.
Raketalar koʻpayadi
Donbassda vaziyat keskinlashgan taqdimda, Vashington UQKga taqdim etadigan aniq qurollarni hozircha aytishmadi. Ehtimol, Pentagon Ukraina havo hujumiga qarshi tizimini “Patriot” zenit-raketa majmualari bilan kuchaytiradi – Kiyev ularni anchadan buyon soʻrab keladi.
Korabli Kaspiyskoy flotilii  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Kolumnistlar
Rossiya turli flotlar kemalarini Qora dengizda jamlamoqda – nega?
Aprel oʻrtasida esa Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak AQShdan tom maʼnoda “Patriotlarni” Ukrainada yoyishni talab qildi va ogʻzini toʻldirib UQK “butun Gʻarb uchun” Rossiyaga qarshi mudofaani ushlab turishini aytdi. Bundan tashqari, Kiyev hukumati fikriga koʻra, Amerika zenit-raketa majmualarining bir nechtasi NATOga kirish jarayonini tezlashtirgan boʻlardi.
Kemaga qarshi raketalarga toʻxtaladigan boʻlsak, Pentagon Ukrainaga “Harpoon” partiyasini berishi mumkin. Ha, Kiyevning bu qurolni qoʻllash uchun havo va dengiz platformalari yoʻq, ammo “Garpunlar”ni sohil variantida ham ishga solishadi. Otish masofasi – 280 kilometr. Eslatamiz, Qora dengiz floti kemalari qanotli “Kalibr”lar bilan ikki ming kilometrdan ziyod masofada oʻq uzishi mumkin.
Dushman mudofaasining chuqurlikdagi nishonlarini yakson qilish uchun Ukrainaning piyodalar qoʻshiniga Amerikaning “HIMARS” tezkor-taktik majmualarini ajratishlari mumkin. U otish masofasi boʻyicha Rossiyaning “Iskander-M”laridan ortda qoladi. Bundan tashqari, UKQga uchinchi avlod “Javelin” tankka qarshi majmualar yetkazib berilishida davom etadi – bunga pul ajratishdi.
Yetti yillik yetkazib berish
Amerikaliklar UQKni Donbassdagi fuqarolar urushining eng boshidan buyon faol taʼminlab kelmoqda. Zirhli texnika uchun ehtiyot qismlari va oʻqotar qurollar uchun oʻq-dorilarni asosan sobiq sotsialistik lager mamlakatlaridan xarid qilishsa, barcha turdagi qoʻshimcha qurol-yarogʻ va maxsus texnikalarni esa avvalo AQShdan olishadi.
Otvod voorujeniy kalibrom meneye 100 mm nachalsya v LNR - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Kolumnistlar
Kim “Ukraina NATOga qabul qilinadi” degan gaplar bilan Rossiyani provokatsiya qilmoqda
Avvaliga Vashington uchmas mahsulotlar bilan cheklandi. Xoʻsh, 2019 yili Kiyev ikki mingtacha bronjilet, yigirmata AN/TPQ-48A, 35 ta HMMWV zirhli avtomobil va dala gospitalini oldi. 2015 yili 130 ta “Hammer” va 5 ta tezyurar karter. 2016 yili 14 ta radiolokatsion stantsiya, ikki mingdan ziyod tunda koʻrish asboblari, 5 ta tibbiyot evakuatsiya koʻrinishidagi HMMWV zirhli avtomobil, 24 ta RQ-11B Raven yengil uchuvchisiz uchur qurilma. 2017 yili yana 40 ta “Hammer” va 700 ga yaqin radiostantsiya oldi.
2018 yili Pentagon Ukrainaga uchar qurolni joʻnatdi – 35 ta FGM-148 “Javelin” tankka qarshi raketa majmualari va ularga 210 ta raketa. Kiyev Vashingtondan “Javelin”larni 2014 yildan buyon soʻrab kelardi va ular hal qiluvchi gʻalabani keltiradi deb hisoblardi. Amerikaliklar shartiga koʻra, bu majmualar jang qilayotgan tomonlarning tutashuv chizigʻida bevosida qoʻllanilmasligi shart va toʻliq “Rossiya agressiya” yuzaga kelgan taqdirga, jangga tashlanishi mumkin.
“Javelin”lardan tashqari, 2018 yili Pentagon UQKga 2,5 mingta tunda koʻrish asboblari, mina izlagich partiyasi, evakuatsion “Hammerlar”, snayperga qarshi kurashishning uch ta tizimi hamda 30 ta yoʻltanlamas, ikkita RLS va 10 millionlik tibbiyot asbob-uskunalarini taqdim etdi. 2019 yili qoʻllab-quvvatlash taxminan shu darajada boʻldi, jami 361 million dollarlik. 2020 yili Vashington 510 million dollar sarfladi. Ukrainaga “Javelin”ning navbatdagi partiyasi olib kelingani maʼlum. Bundan tashqari, sentyabrda Davlat departamenti Kiyevga 600 million dollarlik 16 ta “Mark VI” patrul katerlarini sotishni maʼqulladi. Ammo ularni qachon berishadi, xabar qilishmadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala