Rossiya oliygohlarida o‘zbekistonlik talabalar soni ikki baravar ko‘payishi mumkin

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishStudenti Uralskogo gornogo universiteta
Studenti Uralskogo gornogo universiteta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2021
Obuna bo‘lish
Rossotrudnichestvoning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Rossiya oliygohlarida o‘zbekistonlik talabalar soni ikki baravar ko‘payishi mumkinligini aytdi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. O‘zbekistonda Rossiyadagi oliy ta’limga bo‘lgan qiziqish ortmoqda, Rossiya oliygohlarida 35 ming nafarga yaqin respublika talabalari tahsil olmoqda, biroq bu raqamlar ikki baravar ko‘payishi mumkin.
Bu haqda Rossotrudnichestvoning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Mixail Vojdayev ma’lum qildi.
“O‘zbekistonlik talabalar bizda 35 ming nafargacha. Bu raqam, hoynahoy, o‘sadi. Rossiyada tahsil olishga O‘zbekistondan bo‘lgan talabalar soni ikki baravar ko‘payishi mumkin”, - dedi Vojdayev “O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyadagi ta’lim” davra suhbati davomida.
V RF za znaniyami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2021
Ilm izlab: o‘zbekistonliklar qanday Rossiya oliygohlariga bepul o‘qishga kirishmoqda
So‘nggi ikki yil ichida respublikada Rossiya oliygohlari filiali soni to‘rttadan o‘n bittaga yetgan.
Yangiliklar lentasi
0