Siyosat

Oʻzbekiston tojik-qirgʻiz chegarasidagi toʻqnashuvlarni darhol toʻxtatishga chaqirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdaniye MID Uzbekistana
Zdaniye MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2021
Oʻzbekiston yuzaga kelgan vaziyatni imkon qadar tez muddatda hal qilish uchun har tomonlama yordam koʻrsatishga tayyor ekanini bildirgan.
TOSHKENT, 29 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qirgʻiziston-Tojikiston chegarasidagi toʻqnashuvlar yuzasidan bayonot bilan chiqdi.
Bayonotda taʼkidlanishicha, Qirgʻiziston-Tojikiston davlat chegarasida vaziyatning keskinlashishi va buning ikki tomondan ham jabrlanishlarga sabab boʻlgani toʻgʻrisidagi xabarlar Oʻzbekistonda jiddiy xavotir uygʻotgan.
“Tomonlarni toʻqnashuvlarni zudlik bilan toʻxtatish, vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha birgalikdagi choralarni koʻrish va keskinlikning yanada ortishiga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlardan tiyilishga chaqiramiz” - deyiladi TIV xabarida.
Vazirlik bugungi kunda barcha masalalar va mavjud muammolar Markaziy Osiyoning birodar xalqlariga xos boʻlgan koʻp asrlik doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik hamda sheriklik munosabatlari ruhida muzokaralar va maslahatlashuvlar yoʻli bilan hal qilinishi zarurligini qayd etgan.
Pogranichniki nesut slujbu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2021
Hodisalar
Tojik–qirgʻiz chegarasida mojaro avj olmoqda
Oʻz navbatida, Oʻzbekiston yuzaga kelgan vaziyatni imkon qadar tez muddatda hal qilish uchun har tomonlama yordam koʻrsatishga tayyor ekanini bildirgan.
Eslatib oʻtamiz, 29 aprel kuni Qirgʻiziston-Tojikiston chegarasida navbatdagi mojaro yuzaga keldi. Mojara otishmalarga aylanib ketgan. Unda yaralagangan bor. Qirgʻiziston SSV bir kishi halok boʻlganini haqida xabar qildi. Ikki mamlakat toʻqnashuvlardagi aybni bir-biriga agʻdarmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala