Hodisalar

Tojik-qirgʻiz chegarasida otishmani toʻxtatishga kelishib olindi

Pogranichnik na uchastke granitsы
Pogranichnik na uchastke granitsы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.04.2021
Ikki respublika vakillari tojik-qirgʻiz chegarasining mojaroli hududida otishmani toʻxtatishga va qoʻshinlarni doimiy joylashgan joyiga olib ketishga qaror qilishdi.
TOSHKENT, 30 apr — Sputnik. Tojikiston va Qirgʻiziston tashqi ishlar vazirlari, xavfsizlik qoʻmitalari va boshqa vakillardan iborat maxsus komissiyalari chegarada qurolli toʻqnashuvlarni toʻxtatishga qaror qilishdi, Sputnik Tojikiston xabariga asosan.
Tomonlar Soʻgʻd va Batken viloyatlarining chegaraga yaqin hududlarida jangovar harakatlarni toʻxtatishga, harbiy texnikani ularning doimiy joylashgan joyiga olib ketishga kelishib olishdi.
Zdaniye MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2021
Siyosat
Oʻzbekiston tojik-qirgʻiz chegarasidagi toʻqnashuvlarni darhol toʻxtatishga chaqirdi
Shu bilan bir vaqtda ular chegara chizigʻi borasida muzokaralarni davom ettirishga va ushbu maqsadda ikkala tomondan ham taaluqli organlar vakillaridan iborat maxsus komissiya tuzishga qaror qilindi.
Eslatib oʻtamiz, chegaraning ushbu demarkatsiya qilinmagan hududida tojik va qirgʻiz aholi orasida mojaro 28 aprel kuni boshlangan edi. Tez orada oddiy janjal spetsnaz va harbiylar aralashgan haqiqiy jangovar harakatlarga aylanib ketdi.
Oʻtgan tunda tojik-qirgʻiz chegarasida tinchlik haqidagi kelishuvga qaramasdan otishma toʻxtamadi, ikkala tomondan ham qurbonlar soni oshdi, aholi uylari va infratuzilma obʼyektlari yonib ketgan.
Qirgʻiziston Chegara qoʻshinlari maʼlumotiga koʻra, Qirgʻiziston tomonidan 3 nafar askar qurbon boʻlgan va 22 nafari jarohatlangan. Undan tashqari Qirgʻiziston hududida oʻnlab aholi uylari, chegara zastavasi va AYOQSH yonib ketgan.
Uchastok kыrgыzsko-uzbekskoy granitsы v Ala-Bukinskom rayone otkrыt - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2021
Dunyoda
Tojik-qirgʻiz chegarasida muhim obʼyektlar uchun janglar boshlandi
Tojikiston tomoni maʼlumotiga koʻra, boʻlib oʻtgan voqealarda 3 kishi qurbon boʻlgan 30dan ortiq odam yaralangan.
Maʼlumot uchun, Tojikiston va Qirgʻiziston orasidagi chegara chizigʻining uzunligi 970 km ni tashkil qiladi, undan 504 km demarkatsiya qilinmagan. Jumladan, "Golovnoy" nomli suv tarqatish uzeli joylashgan hudud ham.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala