Jamiyat

AstraZeneca vaktsinasining yangi partiyasini olib kelish kechikmoqda

© AFP / JOEL SAGETButыlochka s vaktsinoy "AstraZeneca"
Butыlochka s vaktsinoy AstraZeneca - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.05.2021
Vaktsina kechikishi - Hindistondagi epidemiologik vaziyatga bogʻliq, agar u yerda vaziyat yaxshilanmasa AstraZeneca boshqa davlatdan olib kelinadi.
TOSHKENT, 1 may — Sputnik. AstraZeneca vaktsinasining navbatdagi partiyasi Oʻzbekistonga, oldin vaʼda berilganidek, may oyida emas iyunda olib kelinadi.
Bu haqida jurnalistlarga YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade xabar qildi.
“Boshida biz qolgan vaktsinalarni may oyida olib kelishni rejalashtirgan edik. Lekin hozir ularni iyunda olib kelishni rejalashtirmoqdamiz. Umid qilamizki vaktsina dozalari orasida tanaffus uzoq boʻlmaydi”, - dedi Mamedzade.
YUNISEF vakili aytishiga qaraganda, vaktsinalar kechikichi - bu vaktsina ishlab chiqarilayotgan Hindistondagi epidemiologik vaziyat bilan bogʻliq. Agar u yerda vaziyat yanada yomonlashsa, vaktsina, COVAX dasturi asosida boshqa davlatdan olib kelinadi.
“Bu vaktsina Koreya Respublikasida ham ishlab chiqarilmoqda. Boshqa variantlar ham koʻrib chiqilmoqda. Preparat tayyor boʻlishi bilanoq, biz uni darhol olib kelmaiz”, - dedi vakil.
Vaktsina ZF-UZ-VAC2001 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2021
Jamiyat
Xitoydan yana million doza vaktsina olib kelindi
Ayni damda Oʻzbekistonga 2 mln doza Xitoy-Oʻzbekiston vaktsinasi ZF-UZ-VAC 2001, 660 ming dona AstraZeneca hamda 100 mingga yaqin Sputnik vaktsinasi olib kelingan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda ommaviy emlash jarayoni 1 apreldan boshlangan edi. Oʻtgan vaqt davomida respbulikada 770 mingdan ortiq kishi emlangan. Yil oxiriga qadar Oʻzbekistonda 7 mln kishi emlanishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala