Dunyoda

Qirgʻiziston va Tojikiston chegarasidagi nazorat oʻtkazish punktlari vaqtincha yopildi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovNa granitse Kыrgыzstana
Na granitse Kыrgыzstana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.05.2021
Qirgʻiziston va Tojikiston fuqarolarining xavfsizligi maqsadida nazorat oʻtkazish punktlari vaqtincha yopilgan.
TOSHKENT, 3 may — Sputnik. Qirgʻiziston va Tojikiston oʻrtasidagi nazorat oʻtkazish punktlari hozir ishlamayati. Bu haqda Davlat chegarasini muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari Nazarali uulu Talantbek maʼlum qildi.
Undan Tojikiston bilan chegaradagi nazorat oʻtkazish punktlarini vaqtincha yopilishi yoki yopilmasligi haqida soʻrashgan. U savolga javob berayotib, 2013 yildan buyon bu birinchi katta toʻqnashuv boʻlganini taʼkidlagan.
“Qirgʻiziston va Tojikiston fuqarolarining xavfsizligi maqsadida nazorat oʻtkazish punktlari vaqtincha yopilgan. Vaziyat barqarorlashgandan soʻng bu masala hal qilinadi”, - dedi Nazarali uluu. Uning soʻzlaridan Sputnik Qirgʻiziston iqtibos keltirgan.
Pogranichnik na uchastke granitsы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.04.2021
Hodisalar
Tojik-qirgʻiz chegarasida otishmani toʻxtatishga kelishib olindi
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Tojikiston bilan chegarada yuz bergan toʻqnashuvlar oqibatida 35 nafar Qirgʻiziston fuqarosi halok boʻlgan. Yaralanganlar soni 186 nafarga yetgan. Tojikiston tomonidan 16 kishi halok boʻlgan va 110 ziyod kishi yaralangan. Tasdiqlanganmagan xabarlarga koʻra, halok boʻlganlar soni 20, yaralanganlar soni esa 160 kishigacha boʻlishi mumkin.
30 aprelga oʻtar kechasi tomonlar qurolli nizoni toʻxtatishga kelishib oldi. 1 may kuni Qirgʻiziston va Tojikiston chegara hududida oʻt ochishni toʻxtatish va qoʻshinlarni olib ketish toʻgʻrisida bayonnoma imzoladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala