Qirg‘iziston va Tojikiston o‘z qo‘shinlarini chegaradan olib chiqishni yakunladi

© Sputnik / Elaman KarimshakovVoyennie Kirgizstana
Voyennie Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2021
Obuna bo‘lish
Ma’lum qilinishicha, davlat chegarasining qirg‘iz-tojik qismidagi vaziyat barqaror, o‘tgan tunda hech qanday voqea yoki otishma qayd etilmagan.
TOShKENT, 3-may — Sputnik. Qirg‘iziston va Tojikiston qurolli to‘qnashuvdan keyin qo‘shimcha kuchlarini chegaradan olib chiqishni yakunladi. Bu haqda RIA Novostiga qirg‘iz chegarasi xizmati matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Tomonlar chegara chizig‘idagi qo‘shimcha kuchlar va vositalarni o‘z hududlari ichkarisiga qaytarishni yakunlashdi”, - degan agentlik suhbatdoshi.
Na granitse Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2021
Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi nazorat o‘tkazish punktlari vaqtincha yopildi
Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat chegarasining qirg‘iz-tojik qismidagi vaziyat barqaror. O‘tgan tunda hech qanday voqea yoki otishma qayd etilmagan.
Ta’kidlanishicha, Qirg‘iziston va Tojikiston mudofaa vazirliklarining zobitlaridan iborat qo‘shma komissiya qo‘shimcha kuchlar va vositalar joylashtirilgan hududlarni ko‘zdan kechirishni davom ettirmoqda.
Yangiliklar lentasi
0