Sport

Saken Polatov Osiyo boks konfederatsiyasi vitse-prezidenti etib saylandi

© NOK UzbekistanaSaken Polatov
Saken Polatov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.05.2021
Polatov 2019 yilning aprel oyida Bangkokda oʻtkazilgan ASBC Bosh assambleyasi davomida Ijroiya qoʻmita aʼzoligiga saylangandi.
TOSHKENT, 3 may — Sputnik. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, boks federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari, Osiyo boks konfederatsiyasi Ijroiya Qoʻmitasi aʼzosi, Osiyoda boksni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash fondi rahbari Saken Polatov Osiyo boks konfederatsiyasining vitse-prezidenti lavozimiga saylandi.
Milliy olimpiya qoʻmitasi xabariga koʻra, Polatov Ijroiya qoʻmitasi aʼzolari yigʻilishida katta farqdagi ovoz bilan ushbu lavozimiga saylangan.
Saken Polatov 2019 yilning aprel oyida Bangkokda oʻtkazilgan ASBC Bosh assambleyasi davomida Ijroiya qoʻmita aʼzoligiga saylangandi.
Bokser Baxodir Jalolov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.04.2021
Sport
Oʻzbekistonlik bokschilar “Gubernator kubogi”da 4 ta oltin medal sohibi boʻldi
2020 yilning dekabr oyidan boshlab Osiyoda boksni rivojlantirish jamgʻarmasi rahbari etib tayinlangan. Ushbu fond Osiyoda boksni rivojlantirish, kelajakda uzoq muddatli muvaffaqiyatlarga erishish maqsadida ASBC prezidenti Anas Alotaiba tomonidan taʼsis etilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala