Iqtisod

Uch oy ichida 211,2 mlrd soʻmlik byudjet kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.05.2021
Joriy yil I choragida 211,2 mlrd soʻm miqdorida byudjet kamomadi va asossiz xarajatlarni aniqlangan. Qonun buzilish holatlari XTVda 4,6 barobarga, SSVda 2,9 barobarga, MTVda 7,6 barobarga oshgan.
TOSHKENT, 3 may — Sputnik. Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2021 yil 1-chorakda byudjet intizomiga rioya etilishi va byudjet mablagʻlarning maqsadli foydalanishi yuzasidan 1 905 ta (2020 yil 1-chorakda 1 349 ta) nazorat tadbiri oʻtkazildi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tekshiruvlarda 211,2 mlrd soʻm miqdorida byudjet intizomi buzish, pul va tovar-moddiy boyliklar kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlanib, shundan 192,3 mlrd soʻmi byudjetga tiklanishi taʼminlandi.
Hisobot davrida vazirliklar va idoralar boʻyicha qonun buzilishi holatlari va boshqa xato-kamchiliklar quyidagilarni tashkil etdi:
Xalq taʼlimi vazirligi tizimida oʻtkazilgan 248 ta nazorat tadbirining 198 tasida 43,3 milliard soʻm miqdorida qonun buzilishi holatlari aniqlanib, 2020 yil 1-chorakka (9,4 milliard soʻm) nisbatan qonun buzilishi holatlari 4,6 martaga oshgan;
Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida oʻtkazilgan 275 ta nazorat tadbirining 212 tasida 23,3 mlrd soʻm miqdorida qonun buzilishi holatlari aniqlanib, 2020 yil 1-chorakka (7,9 milliard soʻm) nisbatan qonun buzilishi holatlari 2,9 martaga oshgan;
Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida oʻtkazilgan 289 ta nazorat tadbirining 242 tasida 41,2 milliard soʻm miqdorida qonun buzilishi holatlari aniqlanib, 2020 yil 1-chorakka (5,4 milliard soʻm) nisbatan qonun buzilishi holatlari 7,6 martaga oshgan.
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tizimida oʻtkazilgan 116 ta nazorat tadbirining 111 tasida 22,4 milliard soʻm miqdorida qonun buzilishi holatlari aniqlangan (2020 yil 1-chorakda 135,4 million soʻmlik qonun buzilishi holatlari aniqlangan);
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tizimida oʻtkazilgan 42 ta nazorat tadbirining 36 tasida 16,1 milliard soʻm miqdorida qonun buzilishi holatlari aniqlangan (2020 yil 1-chorakda 767 million soʻmlik qonun buzilishi holatlari aniqlangan).
Shuningdek, Qishloq xoʻjaligi (3,3 milliard soʻm), Jismoniy tarbiya va sport (3 milliard soʻm), Bandlik va mehnat munosabatlari (2,7 milliard soʻm), Suv xoʻjaligi (2,5 milliard soʻm), Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi (2,2 milliard soʻm) vazirliklari, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (2,7 milliard soʻm) va ular tizimidagi byudjet tashkilotlarida ham yirik miqdorda moliyaviy qonun buzilishi holatlari aniqlangan.
Bundan tashqari, hokimiyatlar (3,4 milliard soʻm), hokimliklarning obodonlashtirish boshqarmalari (2,9 milliard soʻm), hokimiyatlar huzuridagi "Yagona buyurtmachi xizmati" injiniring kompaniyalari (34,2 milliard soʻm)da oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida ham moliyaviy qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilganligi aniqlangan.
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.04.2021
Iqtisod
Oʻtgan yili 671 mlrd soʻmlik noqonuniy xarajat va oʻzlashtirishlar aniqlandi – Hisob palatasi
Mahalliy byudjetlar mablagʻlarini maqsadli sarflanishi yuzasidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida jami 189,1 milliard soʻm miqdorida, jumladan, Sirdaryo (40,2 mlrd), Jizzax (23 mlrd), Andijon (19,8 mlrd), Toshkent (12,1 mlrd), Qashqadaryo (11,4 mlrd), Surxondaryo (8,9 mlrd), Fargʻona (8,1 mlrd), Samarqand (7,9 mlrd), Xorazm (6,4 mlrd), Buxoro (6 mlrd), Namangan (5,2 mlrd), Navoiy (1,4 mlrd) viloyatlarida hamda Toshkent shahrida (16,5 mlrd soʻm) va Qoraqalpogʻiston Respublikasida (21,9 mlrd) qonun buzilishi holatlari va boshqa xato-kamchiliklar aniqlangan.
Shu bilan birga, oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida koʻrilgan choralar natijasida byudjet muassasalarida xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga ortiqcha rejalashtirilgan mablagʻlarni qisqartirish va boshqa noqonuniy xarajatlarning toʻxtatilishi hisobiga jami 5,3 milliard soʻm byudjet mablagʻlarini asossiz sarflanishining oldi olingan.
Byudjet qonunchiligini buzganligi uchun byudjetdan mablagʻ oluvchi tashkilotlarning 9 nafar rahbar va boshqa mansabdor shaxslariga maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnomalar tuzilib, koʻrib chiqish uchun Maʼmuriy sudlarga yuborilgan.
Shuningdek, 1 458 ta nazorat tadbirida aniqlangani 210,1 milliard soʻmlik qonun buzilishi holatlari qonuniy choralar koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala